Canalys kompyuter va planshetlarning birinchi chorakdagi sotuvlari haqida ma’lumot berdi

Canalys kompyuter va planshetlarning birinchi chorakdagi sotuvlari haqida ma’lumot berdi

GSMArena nashrining Canalys tahliliy tashkiloti ma’lumotlariga tayanib ma’lumot berishicha, 2021 yilning birinchi choragida shaxsiy kompyuterlar va planshetlar savdosi yillik ikki baravar o‘sishga erishdi. Jumladan, Chromebook'lar sotuvi 275% ga oshdi.

Canalys Chromebook'larni alohida toifaga kiritmoqda, chunki ular noutbuk yoki transformer qurilmalardir, ammo shu bilan birga, ular ma’lum bir auditoriyaga mo‘ljallangan, Chrome interfeysida ishlaydi va nisbatan arzon.

Planshetlar sotuvida ham chorak davomida barqaror o‘sish kuzatildi. 2020 yil 1-choragiga nisbatan o‘sish ko‘rsatkichi 51,8% ni tashkil etdi. Huawei'dan boshqa barcha yirik ishlab chiqaruvchilar yillik o‘sishni qayd etishdi.

Shaxsiy kompyuterlar bozorida Lenovo yetakchilik qildi. Apple, HP, Dell va Samsung'lar esa keyingi o‘rinlarni egalladi.

O‘QING: Bloger Apple ustidan kulib, mexanik klaviaturali MacBook Pro yaratdi (+video)