Canalys: Samsung birinchi chorakda rekord darajada smartfon yetkazib berdi

Canalys: Samsung birinchi chorakda rekord darajada smartfon yetkazib berdi

Canalys'ning global tahliliy hisobotiga ko‘ra, bu yilning birinchi choragida jami 347 milliondan ortiq smartfonlar sotilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 27 foizga o‘sganini anglatadi.

O‘QING: Spotify'ning pullik obunachilari soni 158 millionga yetdi. Tez orada pullik podkastlar paydo bo‘ladi

76.5 million dona smartfon sotgan Samsung 22% bozor ulushi bilan yetakchilik qilmoqda.

Ikkinchi o‘rinni 52.4 million dona smartfon sotgan Apple band etgan. Apple'ning bozordagi ulushi 15% ni tashkil qilgan.

Xiaomi birinchi chorakda 49 miilion dona smartfon sotgan va bozorning 14% ulushini qayd etgan.

BBK korporatsiya a’zolari Oppo 37.6 million va vivo 36 million smartfon sotgan holda kuchli beshlikni yakunlashgan. Oppo kompaniyasi smartfonlar yetkazib berishi birinchi chorakda 60% ga o‘sgan va bu global bozordagi eng jadal o‘sish hisoblanadi.

Taxminan 18.6 million dona smartfon sotgan Huawei jadvalning yettinchi pog‘onasidan o‘rin olgan.

Canalys davom etayotgan COVID pandemiyasi hali ham smartfonlar savdosiga salbiy ta’sir etishda muhim rol o‘ynaydi, deb taxmin qilmoqda. Bundan tashqari, chipsetlar yetishmovchiligi ham smartfon ishlab chiqarishga katta ta’sir o‘tkazyotgani aytib o‘tildi.

Ushbu ikki omil brendlarni o‘zlarining mintaqaviy strategiyalarini pandemiyadan qutulayotgan mamlakatlar va hozirda qiyinchiliklarga duch kelayotgan mamlakatlarga ko‘proq e’tibor qaratib qayta ko‘rib chiqishga majbur qilishi mumkin.

Chipset tanqisligi, ayniqsa, kichik smartfon kompaniyalariga zarar yetkazishi mumkin va hatto ularni LG kabi bozordan chiqarib yuborishi mumkin.

O‘QING: Google rahbari Sundar Pichai o‘tgan yili qancha maosh olgani ma’lum bo‘ldi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.