Canalys: smart soatlar savdosida o‘sish davom etmoqda

Canalys: smart soatlar savdosida o‘sish davom etmoqda

Canalys ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning birinchi choragida dunyo bo‘ylab jami 41.7 million dona smart bilaguzuk va smart soatlar yetkazib berildi. Ularning 32 millioni aqlli soatlar bo‘lib, mahsulotning sotuv hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15 foizga o‘sgan. 

Boshqa tomondan, aqlli bilaguzuklar savdosi chorakda 37% ga qisqardi, bu 2020 yilning to‘rtinchi choragidan beri ketma-ket oltinchi pasayish hisoblanadi. 

Apple 2022 yilning birinchi choragida jami 9.2 million dona smart soatlar yetkazib berishga muvaffaq bo‘ldi. Apple Watch Series 7 modeliga kuchli talab tufayli kompaniya global bozor ulushining 22.1% ni qo‘lga kiritdi. Huawei 4.6 million dona smart soat yetkazib berib, 11% bozor ulushiga, Xiaomi esa 4.2 million yetkazib berib, 10.1% bozor ulushiga ega bo‘ldi.  

Samsung ushbu davrda 3.4 million dona smart soat sotdi. Bu bozor ulushini 8.1% ni tashkil etadi. Bozor ulushini 7% ni tashkil qiluvchi Fitbit esa 2.9 million dona smart soat yetkazib bergan. 

Inflyasiya darajasining oshishi iste’mol xarajatlarini kamaytirishi kutilmoqda, ammo iste’molchilarning o‘z sog‘lig‘i va jismoniy faolliklarni kuzatib borishga bo‘lgan qiziqishi tufayli smart soatlarga talab oshib borishi mumkin. Canalys tahlilchilari smart bilaguzuklarga bo‘lgan talab yana pasayishini taxmin qilishmoqda. Bu esa Xiaomi va Fitbit kompaniyalarning savdosiga salbiy ta’sir o‘takazadi. 

O‘QING: Samsung Galaxy Xcover6 Pro - bu qanday smartfon?