Canalys: Smartfon yetkazib berish bo‘yicha 3-chorakda Samsung yetakchi bo‘ldi

Canalys: Smartfon yetkazib berish bo‘yicha 3-chorakda Samsung yetakchi bo‘ldi

Iyul-sentyabr oylarida smartfon yetkazib berish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6% ga kamaydi. Dunyo miqiyosida chiplarning yetishmasligi smartfon yetkazib berish hajmini tushib ketishiga sabab bo‘lgan. 

Uchinchi chorakda Samsung 23% bozor ulushi bilan yetakchi bo‘ldi. 15% ulush bilan Apple ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, 14% natija bilan Xiaomi uchinchi pog‘onaga joylashgan. Kuchli beshilikka 10% ulush bilan vivo hamda Oppo kompaniyalari yakun yasab bergan. 

Xitoy va G‘arb bozorlarida maxsus savdo bayrami kunlari yaqinlashib kelmoqda. Bu bilan kompaniyalar smartfonlarga chegirmalar berib, savdolar hajmini oshiradi, lekin chegirmalar oldingi yillardagidek katta bo‘lmaydi. 

O‘QING: Canalys: Kompyuter yetkazib berish 3-chorakda 5% ga oshdi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!