Canon yangi videokameralari

Canon yangi videokameralari

Canon kompaniyasi XA35 va XA30 raqamli videokameralarini taqdim etdi. Bu kameralar professional videograflar uchun mo‘ljallangan. Yangi apparatning afzalligi signal/shovqin nisbatda 3 dBga yaxshilangani bilan HD CMOS PROSensor matritsasidir. Bu tasvirni mo‘’tadilroq olish  imkonini beradi, shuningdek, xira yoritilgan muhitda s’yomka qilishni yengillashtiradi. Matritsa konstruksiyasi sabab kamera hajmi kichraygan hamda har qanday yoritilganlik sharoitida a’lo sifatli s’yomkani amalga oshirish mumkin.

Ikkala kamera ham simsiz aloqa moduliga ega, tasvirni shu zahotiyoq uzatsa bo‘ladi. Canon 20x HD ob’yektivida optik 20 karrali kattalashtiruvchi miqyosi bor.

XA35 va XA30 bir qancha yangi rejimlarga ega, jumladan, Highlight Priority va Wide DR. Birinchi rejimda ishlansa, charog‘on muhitda ham ranglar aniq va to‘g‘ri chiqadi, ikkinchi rejim dinamik diapazonni kengaytiradi. Ikkala kamerada ham Canon DIGIC DV4 grafik protsessori va tasvirni barqarorlashtirish tizimi mavjud. Video AVCHD yoki MPEG4 formatida yozib olinadi.

Har bir kameraning akkumulyatori bilan birga vazni 1,18 kg. Oy oxirida XA35 2999 dollar va XA30 2499 dollar narxda savdoga chiqarilishi kutilmoqda.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.