CES 2016: HDTV televizorlar yanada ulkan

CES 2016: HDTV televizorlar yanada ulkan

1967 yildan boshlab har yilning yanvar oyida AQShning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro elektronika iste’molchilari ko‘rgazmasi joriy yilda 6-9 yanvar kunlari tashkil etildi.

Ko‘rgazma doirasida namoyish etilgan HDTV texnologiyalarga bo‘lgan qiziqish odatdagidan ham salmoqliroq bo‘ldi.

Ko‘rgazmada yuqori sifatli tasvirni ko‘rsatish imkoniga ega televizorlar bir qancha ishlab chiqaruvchilar, jumladan Samsung tomonidan ham taqdim qilindi. Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan mazkur turdagi eng katta ekran hajmi 170 dyuym (dyuym = 25,5 mm)ni tashkil etmoqda. Lekin bu turdagi HDTV televizorlari hali sotuvga chiqarilganicha yo‘q.

Aksariyat ishlab chiqaruvchilar ko‘rgazmada 78 dyuymli HDTV televizorlari bilan qatnashdilar.

Namoyish etilgan televizorlarning aksariyatini LED-backlit LCD texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan qurilmalar tashkil etdi. Buni bugungi kunda mazkur turdagi televizorlarga oshib borayotgan ehtiyoj bilan bog‘lash mumkin. OLED texnologiyasiga asoslangan ekranli televizor LG tomonidan namoyish qilindi. Hisense kompaniyasi esa tadbirga lazerli texnologiyaga asoslangan Laser Cast screen televizorlari bilan tashrif buyurdi. 120 dyuymli televizor ekranining proyektori ultra qisqalikdan turib lazer nurini tarqatadi.

Mazkur HDTV qurilmalar yuqori aniqlikka ega tasvirni uzatadi. Ulardan ba’zilari esa 8K texnologiyali monitorga ega. 1080p formatidan 16 barobar kattaroq bo‘lgan hajmda tasvirni ko‘rsatuvchi bu televizorlarni ommaviy ishlab chiqarish hozircha rejada bor, xolos. Boisi namoyish qilingan bu turdagi texnologiyalar hali takomillashmagan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!