CES 2017: Dell Latitude 7285 – simsiz zaryadlanadigan birinchi planshet-transformer

CES 2017: Dell Latitude 7285 – simsiz zaryadlanadigan birinchi planshet-transformer

Bundan bir necha kun muqaddam Las-Vegas shahrida (AQSh, Nevada) bo‘lib o‘tgan CES 2017 ko‘rgazmasida simsiz zaryadlanish funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan jahondagi birinchi planshet-transformer namoyish qilindi. Gadjet Dell kompaniyasi tomonidan tayorlangan, model nomi – Dell Latitude 7285.

3D News nashrining qayd etishicha, planshet buning uchun qurilmalar zaryadlash paneli ustiga qo‘yilganda batareyani quvvatlaydigan WiTricity texnologiyasidan foydalanadi.  Dell Latitude 7285 holatida agar planshet va uning klaviaturasi panelga joylashtirilsa, birinchi bo‘lib planshet, keyin esa klavitura batareyasi zaryadlanadi.

Dell Latitude 7285 12 dyuymli IGZO displey bilan jihozlangan, yettinchi avlod Intel Kaby Lake protsessorida ishlaydi, 8/16 Gb operativ va 512 GB HDD xotiraga ega. Shuningdek, unda microSD uchun ham slot ko‘zda tutilgan.

Qurilma may oyida sotuvga chiqadi, narxi hozircha noma’lum.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!