CES 2019: LG dunyodagi ilk o‘raluvchi «aqlli» televizorni taqdim qildi!

  •   DiMaX
  •  745
  •  11.01.2019 16:16

CES 2019: LG dunyodagi ilk o‘raluvchi «aqlli» televizorni taqdim qildi!

LG Electronics kompaniyasi rulon shaklida o‘rab qo‘yiladigan televizor yaratganligi haqida avval ham xabarlar berganmiz. Aslida mazkur gadjet prototipini u o‘tgan yilning yanvarida – CES 2018 ko‘rgazmasidayoq ko‘rsatgan, bu gal esa tayyor mahsulotni namoyish etdi.

O‘QING: LG allaqachon buklama smartfondan tashqari o‘raluvchi OLED-televizor ham tayyorlagan! (+«jonli» video)

Mazkur kompaniya Las-Vegasda bo‘lib o‘tayotgan CES 2019 ko‘rgazmasida jahondagi birinchi o‘raluvchi OLED-televizorni rasman taqdim etdi. Uning tasvir aniqligi 4K Ultra HD formatida (3840x2160 piksellik), o‘lchami esa diagonaliga 65 dyuymga teng.

LG SIGNATURE OLED TV R deb nomlanuvchi ushbu televizor o‘zgaruvchi form-faktorga ega. Uning ekranini bazaviy blokka yig‘ib qo‘yish yoki chiqarib uchun bittagina tugmacha bosilsa kifoya. Pultdan tashqari, uni Amazon Alexa ovozli yordamchisi orqali ham boshqarsa bo‘ladi.

Shu tariqa, ushbu televizor uchta formatga kira oladi: Full View – to‘liq ko‘rinish, Line View – chiziqsimon rakurs va Zero View – nol rakurs. Full View formatida u to‘laqonli keng ekranli televizor bo‘lsa, Line View rejimida displeyning bir qismi yig‘ilib, qolgan qismida ayrim ma’lumotlar (vaqt, musiqa, boshqaruv paneli) aks etib turadi. Zero View rejimida esa katta ekran butunlay podstavkaga – bazaviy modulga yig‘ilib turadi, lekin bunda ham musiqa va boshqa audiokontentni tinglash mumkin. Modulning o‘zida 100 vattlik, 4.2 kanallik Dolby Atmos tizimi mavjud.

LG SIGNATURE OLED TV R televizorining savdoga chiqarilish sanasi va narxi hozircha aytilmayapti.

O‘QING: Rulon shaklida o‘raluvchi LG televizori 2019 yiliyoq sotuvga chiqadi! (+«jonli» video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!