CES 2019: Padrone EasySMX Ring Mouse – innovatsion uzuk-sichqoncha! (+video)

  •   DiMaX
  •  1090
  •  07.01.2019 11:13

CES 2019: Padrone EasySMX Ring Mouse – innovatsion uzuk-sichqoncha! (+video)

Shveysariyaning Padrone Design startapi Consumer Electronics Show 2019 ko‘rgazmasida o‘zining yangicha ishlanmasini taqdim etmoqchi. EasySMX Ring Mouse deb nomlangan mazkur gadjet uzuk shaklida bo‘lib, kompyuter sichqonchasi vazifasini bajaradi.

O‘QING: Tanishing: gibrid klaviatura yoki sichqoncha(foto)

Yangi gadjet ko‘rsatkich barmoqqa taqiladigan innovatsion uzuk ko‘rinishida bo‘lib, tegishli sensorlar bilan ta’minlangan. EasySMX Ring Mouse ular yordamida ko‘rsatkich va o‘rta barmoqning harakatlarini, stol yuzasiga chertishlarini seza oladi. Foydalanuvchining mazkur harakatlarini xuddi oddiy sichqonchaning chap va o‘ng tugmachalarini bosish, g‘ildirakchasini aylantirish kabi qabul qiladi. Ularni Bluetooth orqali kompyuterga uzatib, sichqonchaning o‘rnini bemalol bosadi.

EasySMX Ring Mouse mitti akkumulyatorga ega bo‘lib, uning quvvati bitta ish kuniga yetadi. Batareya maxsus stansiya orqali simsiz usulda quvvat oladi.

Uzuk-sichqoncha vazni atigi sakkiz gramm keladi, u barmoqda qulay o‘rnashadi va boshqa ishlarda xalaqit bermaydi. Suvdan va changdan himoyalanganligi bois, uni yechmasdan taqib yuraverish ham mumkin.

O‘QING: Mi Gaming Mouse: Xiaomi geymer sichqonchalarini namoyish qildi

Mana, EasySMX Ring Mouse uzuk-sichqonchasini quyidagi videoda tomosha qilamiz:

EasySMX Ring Mouse uchun ayni paytda Indiegogo kraudfanding maydonchasida mablag‘ to‘planmoqda. Hozir u yerda mazkur uzuk-sichqoncha uchun taxminan 200 dollar narxida buyurtma rasmiylashtirish mumkin.

O‘QING: Navee – eng qulay sichqoncha taqdim etildi, faqat narxi...

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.