CES 2019: «Yot ko‘zdan asrovchi» va tikkasiga aylanuvchi HP EliteDisplay E243p Sure View monitori taqdim etildi

  •   DiMaX
  •  673
  •  08.01.2019 12:28

CES 2019: «Yot ko‘zdan asrovchi» va tikkasiga aylanuvchi HP EliteDisplay E243p Sure View monitori taqdim etildi

HP kompaniyasi CES 2019 ko‘rgazmasida o‘zining EliteDisplay E243p Sure View rusumli yangi monitorini namoyish qildi. Ushbu gadjet asosan biznes sohasiga mo‘ljallangan.

O‘QING: Dell ikkita monitorli va mutlaqo o‘zgacha konstruksiyali noutbuk tayyorlayapti!

Monitor diagonaliga 23,8 dyuymlik IPS matritsasiga tayangan bo‘lib, uning tasvir aniqligi 1920x1080 pikselga teng, ya’ni – Full HD formatida. Displeyning yangilanish chastotasi 60 gersga teng, ko‘rish burchaklari esa gorizontali va vertikaliga 178 darajaga yetadi.

EliteDisplay E243p Sure View monitorining asosiy o‘ziga xosligi sifatida ekrandagi kontentni «begona ko‘zlardan himoyalovchi» Sure View texnologiyasi ta’kidlanmoqda. Ushbu funksiya faollashtirilsa, ekran yorqinligi pasayadi, gorizontaliga ko‘rish burchagi esa 80 darajagacha torayadi. Natijada displeydagi tasvir faqat monitorning to‘g‘risida o‘tirgan odamgagina ko‘rinadi. Yon tomonlardan kimdir mo‘ralasa, unga bo‘m-bo‘sh qora ekran ko‘rinadi.

Mazkur monitorning tagligi ham turli sozlamalarga boy tuzilgan. Jumladan, ekranning balandligini va qiyaligini o‘zgartirish, hatto tikkasiga aylantirib qo‘yish ham mumkin. Bunda displeydagi tasvir ham portret rejimida aks etadi.

HP yangi monitorini DisplayPort 1.2, D-Sub va HDMI 1.4 interfeyslari bilan ta’minlagan, yana USB 3.0 konsentratori ham bor. HP EliteDisplay E243p Sure View keyingi oydan, 380 AQSh dollaridan boshlanuvchi narxlarda sotuvga chiqadi.

O‘QING: Ko‘zga zarar yetmasligi uchun ekranni qanday sozlash kerak?