CES 2020: «Yashirin kamera»li ilk smartfonni kutilmagan kompaniya namoyish qildi (+video)

  •   DiMaX
  •  2924
  •  08.01.2020 10:52

CES 2020: «Yashirin kamera»li ilk smartfonni kutilmagan kompaniya namoyish qildi (+video)

Xiaomi korporatsiyasi Mi Mix 4 smartfonida «yashirin kamera texnologiyasi» qo‘llayotganidan xabaringiz bor. Oppo ham aynan shunday texnologiyaga ega smartfon prototipining «jonli» videosini tarqatgan. Shuningdek, Samsung ham yangi modellariga bu texnologiyani joriy etmoqchi va uni Samsung UDC (under-display camera – ekranosti kamera) deya nomlamoqda.

O‘QING: Vahimachilar uchun maxsus: yashirin kameralarni aniqlovchi «anti-josus» gadjet yaratildi! (+video)

Lekin shunaqa – ishlatilmay turganida g‘oyib bo‘luvchi kamerali birinchi smartfonni ulardan ham avval OnePlus rasman taqdim etdi. CES 2020 ko‘rgazmasida ko‘rsatilgan ushbu qurilma hali konseptual smartfon bo‘lib, Concept One deb nomlangan.

Kompaniya bunday smartfon tayyorlayotganini ilk bor dekabrda tilga olgandi, ammo uning tafsilotlari endigina ma’lum bo‘ldi. Mazkur smartfon g‘oyib bo‘luvchi old kameraga ega birinchi qurilma bo‘lishi kutilayotgandi, ammo aslida boshqacha bo‘lib chiqdi. Ya’ni, unda yuqoridagi smartfonsozlar ko‘zlayotganidek selfi-kamera emas, balki orqa paneldagi bosh kamera yashirinuvchi hisoblanadi.

O‘QING: Xiaomi «yashirin kamerali» Mi Mix 4 flagmanining taqdimot kunini e’lon qildi

Quyidagi rasmiy videoda OnePlus Concept One smartfonini batafsil tomosha qilishingiz mumkin:

Ko‘rib turganingizdek, OnePlus Concept One bosh kamerasi modullari deyarli ko‘rinmas bo‘lib yashirina oladi. Bunday effektga esa uning ustidagi elektroxrom shisha orqali erishilgan – u shaffof yoki to‘qrang bo‘la oladi. Tusni o‘zgartirish jarayoni 0,7 soniya vaqt oladi. Lekin kamera baribir to‘liq ko‘rinmas bo‘la olmaydi ma’lum bir burchak ostida qaraganda, hatto «yashirin» rejimda ham modullar ko‘zga tashlanadi.

OnePlus Concept One umumiy dizayni McLaren uslubida ishlangan, smartfonning korpusida ushbu brend logotipi qo‘llangan, orqa panelga charm qoplangan. Biroq kompaniya bu mahsulotini hozircha savdoga chiqarmoqchi emas – uni shunchaki konseptual smartfon sifatida ko‘rsatgan.

O‘QING: Yashirin kamera o‘rnatilgan: ijara kvartiralarida yoki mehmonxonalarda yashirin kamerani qanday topsa bo‘ladi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!