Chaqaloqqa «ideal» ismni endi sun’iy ong tanlab beradi!

  •   DiMaX
  •  690
  •  03.08.2020 12:42

Chaqaloqqa «ideal» ismni endi sun’iy ong tanlab beradi!

Sun’iy intellekt texnologiyalari rivojlanib, tobora turmushning turli jabhalariga kirib kelmoqda. Avvalroq biz sun’iy idrok koronavirusni test qo‘llamasdan aniqlashni o‘rgangani haqida yozgan edik, keyin esa...

O‘QING: Ajrashmoqchi bo‘lganlar ishi bilan endi sun’iy intellekt shug‘ullanadi

The Next Web saytida kuni kecha chiqqan material yanada qiziq: dasturchining ta’kidlashicha, u sun’iy ongni chaqaloq uchun eng maqbul ism tanlab berishga o‘rgatgan.

Buning uchun mashinaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanib, ism generatori (yoki aniqroq aytganda – prediktor) ishlab chiqqan. Ota-ona unga chaqaloqning kelajakda kim bo‘lishi haqidagi va boshqa ma’lumotlarni kiritadi, dastur esa shulardan kelib chiqib bir nechta ism taklif etadi.

Masalan, ota-ona beradigan ma’lumot quyidagicha bo‘lishi mumkin: «Mening qizim Nyu-Jersida tug‘iladi. Ulg‘aygach, u Google’da dasturchi bo‘ladi, velosipedda uchishni va qahvani xush ko‘radi». Sun’iy idrok esa shunga yarasha bir necha ismlarni, ehtimolligi bo‘yicha saralab taklif qiladi. Aynan yuqoridagi tavsif bo‘yicha ideal ism esa Linda bo‘ladi.

O‘QING: Kompyuter tilni odamdan ko‘ra yaxshiroq anglay boshladi!

Ism tanlovchi dasturni tayyorlash uchun ma’lumotlar tarmog‘i sifatida Github bazasida topilgan Wikipedia’dagi biografiyalar jamlanmasidan foydalanishgan. Unda naq 728 321 ta biografiyaning birinchi paragraflari, shuningdek, meta-ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.

To‘g‘ri, ism generatorining ilmiylik darajasi ham «munajjimlar bashorati darajasida». Lekin baribir, o‘z farzandiga sun’iy idrok taklif etgan ismni qo‘yish g‘oyasining o‘ziyoq qiziqarli.

Darvoqe, avvalroq Indoneziyadagi oila o‘zining farzandiga Xiaomi deya ism qo‘yganidan xabaringiz bormi?

O‘QING: Dunyodagi eng takomillashgan (va qo‘rqinchli) robotlar

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!