ChatGPT endi smartfoningizda!

ChatGPT endi smartfoningizda!

O'tgan yilning noyabr oyida taqdim qilingan ChatGPT xizmati qisqa vaqt ichida juda katta auditoriyani o'ziga jalb qildi – garchi OpenAI buni rasman tasdiqlamagan bo'lsa ham, ba'zi tahminlarga ko'ra sun'iy intellekt chatboti foydalanuvchilari soni joriy yilning yanvar oyiga kelib 100 milliondan oshgan. Shunga qaramay kompaniya endigina uning mobil ilovasini chiqardi.

OpenAI o'zining ChatGPT sun'iy intellekt chatbotining mobil ilovasini yaratganligini e'lon qildi (The Verge orqali). U hozircha faqat iOS qurilmalari uchun chiqarilgan bo'lib, Android versiyasi ham tez kunda chiqarilishi va'da qilinmoqda.

Ma'lum bo'lishicha, mobil ilova barcha uchun tekin bo'lib, u sizning ChatGPT veb-saytidagi chatlar tarixingiz bilan sinxronlasha oladi. Ilovaning o'ziga xos xususiyatlaridan biri taklifingizni ovozli kiritish imkoniyatidir. Ushbu funksiya OpenAI'ning Whisper nomli ochiq kodli nutqni aniqlash modeliga asoslangan holda ishlaydi.

iOS uchun ChatGPT ilovasidan ham iPhone smartfonida, ham iPad planshetida foydalanish mumkin. Uni ushbu link orqali AppStore'ga o'tib yuklab olish mumkin. Aytish kerakk, ilova hozirda AQSH uchun tarqatilmoqda va kelayotgan haftalarda boshqa hududlar uchun ham chiqarilishi kutilmoqda. Mobil ilova O'zbekiston uchun ham ochiq bo'lishi mumkin, lekin unda xizmatga kirish (login) saytdagidek imkonsiz bo'lishi ehtimoli yo'q emas.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!