ChatGPTni muallif sifatida ko'rsatib bo'lmaydi

ChatGPTni muallif sifatida ko'rsatib bo'lmaydi

Ilmiy maqolalar chop etuvchi, dunyodagi eng yirik nashriyotlaridan biri hisoblangan Springer Nation ChatGPTni muallif sifatida belgilash mantiqsizlik ekanini bildirdi. Biroq, sun'iy intellektdan maqola yozish uchun foydalanishda manbaa ko'rsatilsa, hech qanday yomon tarafi yo'q deydi nashriyot.

ChatGPT paydo bo'lgandan beri ko'plab insonlar undan foydalanishni boshlashdi. Sun'iy idrok mahsuli bo'lgan ushbu platformadan maqola yozishda ham foydalanish ko'paydi. Ilmiy maqola yozishda manbaa yoki muallif aniq ko'rsatilishi kerak. ChatGPT esa muallif bo'la olmaydi. Chunki u kiritilgan mavzuga muvofiq matnni generatsiya qiladi. Maqola yozayotganda mualliflar sun'iy intellektdan matnning qaysi qismlarini yozishda foydalanganini aniq ko'rsatishsa hech qanday tushunmovchilik bo'lmaydi.

Biz o‘z pozitsiyamizni aniqlashtirishga majbur bo‘ldik: mualliflarimiz, muharrirlarimiz va o‘zimiz uchun”, — deydi Magdalena Skipper, Springer Nature’ning eng muhim nashri hisoblanadigan Nature jurnali bosh muharriri. “Ushbu yangi avlod LLM vositalari, shu jumladan ChatGPT paydo bo'ldi, ular haqli ravishda qalam egalarini hayajonga soldi va ulardan keng foydalanish boshlandi, lekin sun'iy idrokdan hozirgi paytda nomunosib foydalanish holatlari ham uchramoqda.

ChatGPT va boshqa LLM(Large Language Models - keng tilli modellar) allaqachon gazetalar, jurnallar va ilmiy maqolalarda muallif sifatida ko'rsatila boshlandi. Biroq foydalanish bilan foydalanishda farq bor. Ba'zilar sun'iy idrokdan foydalanganda manbaa sifatida LLMni ko'rsatishmoqda, boshqalar esa sun'iy idrok yozgan matnga "ega chiqishmoqda".

Asosiy muammo muallif yoki manbaa ko'rsatilishi yoki ko'rsatilmasligida emas, sun'iy idrok aksar hollarda matn ichiga nomunosib gaplarni ham qo'shib ketishida.

Ba'zi tadqiqotchilarning fikricha, ChatGPTni muallif sifatida hisoblash "bema'nilik" va "juda ahmoqlik"

Chop etilgan ko'plab maqolalarda matn yaratish uchun ChatGPT qanday va qayerda ishlatilganligi haqida qo'shimcha ma'lumotlar yo'q. Biroq, tadqiqotni moliyalashtirgan kompaniyaning bosh direktori, bot sog'liqni saqlash startapiga katta hissa qo'shganini ta'kidladi. Ansible Health bosh direktori Jek Po Futurism nashriga bergan intervyusida: "Biz ChatGPTni muallif sifatida ro'yxatga olishimizga sabab, sun'iy idrokka to'liq tayanganimiz emas, balki bot maqolaning mazmuniga intellektual hissa qo'shganiga ishonganimiz uchun edi" deydi.

Ilmiy hamjamiyatning ChatGPT muallif sifatida ko'rsatilgan maqolalarga munosabati asosan salbiy bo'ldi, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari sun'iy idrok yordamida tibbiy-ilmiy maqolalar ishi bo'yicha qarorni "bema'nilik", "ahmoqona" va "aqlsizlik" deb atashdi.

Dunyo nashriyotlari sun'iy idrokka muallif sifatida qaralishi ustida qizg'in bahs qilishyapdi. "Biz faqat maqolaga muallif kim ekanligi haqida emas, uning mazmuniga boqishimiz kerak", "Sun'iy idrok siz uchun ilmiy maqola yozib berishi mumkin, biroq maqola uchun javobgarlikni o'z bo'yniga olmaydi".

Sun'iy idrok qilgan ishi uchun hech kimga hisobot bermaydi. U yozgan matn uchun javobgarlik hissini tuymaydi. Mantiqan olib qaralsa, LLM sun'iy idrok texnologiyalari ham jamiyatga yoki nashriyotga maqolaning mazmunini tushuntirib bera olmaydi. Bu esa maqola ichidagi noto'g'ri talqin yoki xato uchun sun'iy idrok mas'ul bo'la olmasligini anglatadi.

ChatGPT platformasi hozircha O'zbekiston hududida qo'llab-quvvatlanmayapdi.

Hozirgi vaziyatda sun'iy intellekt yozgan matn LLM qay darajada yuksak aqlga ega bo'lmasin, baribir xatolardan holi emas. Sun'iy idrok bazasiga agar yoqimsiz iboralar yoki irqchilik, so'kinish va uyatsiz gaplar kiritilgan bo'lsa, u yozgan matn yoqimsiz gaplardan holi bo'lishi ehtimoli past.

Shu tufayli bir qator tashkilotlar, jumladan maktablar, oliygohlar va boshqa o'quv markazlari ChatGPTdan foydalanishga cheklovlar o'rnatdi. Biroq ko'plab tashkilotlar ChatGPTdan matn tahrirlashda foydalanishga ruxsat bergan. Springer Nature rasmiylari buni shunday izohlaydi: "Yozish bilan tahrirlashda farq bor. Ijod mobaynida sun'iy intellekt chegara bilmaydi, tahrirda esa u tilning grammatik qoliplari asosida matnni yaxshilaydi. Biz ilmiy maqolada shaffoflik va aniqlik bo'lishi tarafdorimiz. Ilm-fanning shunday bo'lgani ma'qul. Muallif sun'iy idrokdan foydalanishi mumkin, biroq matnning qaysi qismlari sun'iy idrok mahsuli ekanini ochiqlashi shart".

Shuningdek, sun'iy intellekt ona tili ingliz tili bo'lmaganlar uchun juda ham qo'l keladi. Ular bu orqali ingliz tilidagi yozish mahoratlarini oshirishlari mumkin bo'ladi.

Internet foydalanuvchilari ChatGPT va shunga o'xshash LLM sun'iy idrok vositalariga cheklov o'rnatish samarasiz ekanini ta'kidlashmoqda. "Bugungi kunda qaysidir dasturiy ta'minotga cheklov qo'yish foyda bermaydi. Turli xil yo'llar orqali cheklovni aylanib o'tish imkonlari baribir bo'ladi. Biz hamjamiyat sifatida ijobiy foydalanish va potentsialga e'tibor qaratishimiz, keyin esa mumkin bo'lgan noto'g'ri foydalanishni tartibga solish va cheklashimiz kerak".

Muallif: Hidoyatxon Atabaev

O'QING: Apple iOS 16.3 talqinini taqdim etdi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!