Chegirmalar vasvasasi: «Bo‘ydoqlar kuni» AliExpress bir soatdayoq rekord qo‘ydi!

  •   DiMaX
  •  2841
  •  11.11.2019 14:58

Chegirmalar vasvasasi: «Bo‘ydoqlar kuni» AliExpress bir soatdayoq rekord qo‘ydi!

Dunyodagi eng mashhur onlayn savdo platformalaridan biri xitoyliklarning AliExpress internet-bozoridir. Har yili 11 noyabr (11.11) sanasi bu mamlakatda «Bo‘ydoqlar kuni» – chegirmalar pallasi bo‘ladi va misli ko‘rilmagan hajmlarda savdolar bo‘ladi.

O‘QING: Huawei Mate X’ni allaqachon Aliexpress’dan sotib olish mumkin, faqat narxi qo‘rqqulik!

Reuters axborot agentligining yozishicha, mazkur internet-bozorga egalik qiluvchi Alibaba Group korporatsiyasi «Bo‘ydoqlar kuni»ning birinchi soatidayoq o‘tgan yildagiga nisbatan 32 foizga ko‘p savdoni amalga oshirgan.

Ya’ni, chegirmalar kunidagi ilk soatda mazkur onlayn savdo platformasida 91,2 milliard yuan, ya’ni 13 milliard AQSh dollari hajmida oldi-sotdi qilingan. O‘tgan yili shu davrda bu ko‘rsatkich «atigi» 69 milliard yuanga (9,85 milliard dollarga) teng edi. 2018 yilning 11 noyabrida kun bo‘yi AliExpress’dagi savdolardan Alibaba Group ko‘rgan umumiy foyda esa 30,8 milliard dollarni tashkil etgan.

Darvoqe, AliExpress’da buyurtma qanday rasmiylashtirilishi haqida mana bu maqolamizdan ma’lumot olishingiz mumkin, faqat bu borada ehtiyotkorlik zarur...

O‘QING: AliExpress’dagi soxta «chegirma»lar: onlayn savdoda sizni qanday laqillatishadi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!