Chegirmali Samsung smartfonlari narxlari – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab BEPUL yetkazib beriladi (2018 yil 27 iyun)

  •   DiMaX
  •  10038
  •  27.06.2018 13:50

Chegirmali Samsung smartfonlari narxlari – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab BEPUL yetkazib beriladi (2018 yil 27 iyun)

Samsung shu kunlarda bir qator smartfonlarni hamda yangi avlod fabletini taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Shu bilan birga, u yangicha texnologiyalarga ega modellar va kelgusi yilda namoyish qilinadigan flagmanlar ustida ham ishlarni boshlab yuborgan.

O‘QING: Biz sotib ololmaydigan 512 GB’li Samsung Galaxy Note 9

Samsung’ning bu yil namoyish qilingan Galaxy S9 va S9+ flagmanlari ham, boshqa modellardagi ko‘plab smartfonlari ham O‘zbekiston bozorlarida sotilmoqda. Jumladan, «Terabayt.uz» sayti hamkori – asaxiy.uz onlayn do‘koni ulardan ayrimlarini rasman savdoga qo‘ygan. Yaqindan buyon chegirma bilan sotilayotgan mazkur gadjetlarning barchasiga bir yillik muddatli rasmiy kafolat beriladi.

Aytib o‘tish o‘rinliki, ushbu devayslarni naqd puldan tashqari plastik kartocha orqali ham, onlayn to‘lov vositalari yordamida ham ayni shu narxlarga xarid qila olasiz. Shuningdek, hamkorlarimiz xaridingizni butun O‘zbekiston bo‘yicha BEPUL yetkazib berish xizmatini ham yo‘lga qo‘yishgan. Buning uchun ish vaqtlarida, ya’ni soat 09:00 dan 19:00 gacha +998 (71) 200-01-05 raqamiga qo‘ng‘iroq qilsangiz kifoya!

Darvoqe, asaxiy.uz onlayn do‘koni yangiliklarini uning rasmiy Telegram-kanali orqali ham kuzatib borish imkoni mavjud.

O‘QING: Android 8.0 Oreo’gacha yangilanadigan Samsung smartfonlari ro‘yxati e’lon qilindi

Xullas, Samsung’ning ayrim smartfonlari narxlari quyidagicha (ro‘yxat narxlarning o‘sib borishi tartibida tuzilgan):

  1. Samsung Galaxy J1 mini Black – 584 000 so‘m
  2. Samsung Galaxy J1 Black, White – 656 000 so‘m
  3. Samsung Galaxy J2 Black, Gold – 808 000 so‘m
  4. Samsung Galaxy J2 Prime Gold, Black – 864 000 so‘m
  5. Samsung Galaxy J3 (2016) Gold – 888 000 so‘m
  6. Samsung Galaxy J2 Black, Gold (2018) – 944 000 so‘m
  7. Samsung Galaxy J3 (2017) – 1 104 000 so‘m
  8. Samsung Galaxy J5 Prime – 1 168 000 so‘m
  9. Samsung Galaxy J7 Neo Black, Gold – 1 224 000 so‘m
  10. Samsung Galaxy J5 (2017) – 1 416 000 so‘m
  11. Samsung Galaxy J7 (2017) – 1 728 000 so‘m
  12. Samsung Galaxy A3 (2017) – 1 768 000 so‘m
  13. Samsung Galaxy A5 (2017) – 2 048 000 so‘m
  14. Samsung Galaxy A6 Gold , Black – 2 144 000 so‘m
  15. Samsung Galaxy A6+ Gold, Black – 2 624 000 so‘m
  16. Samsung Galaxy A8 (2018) Gold, Black, Gray – 2 824 000 so‘m
  17. Samsung Galaxy A8+ (2018) Black, Gold, Gray – 3 224 000 so‘m
  18. Samsung Galaxy S8 Black, Gold – 3 992 000 so‘m
  19. Samsung Galaxy S8 Burgundy Red – 4 008 000 so‘m
  20. Samsung Galaxy S9 – 4 840 000 so‘m
  21. Samsung Galaxy S9+ – 5 680 000 so‘m
  22. Samsung Galaxy Note 8 64 GB – 5 864 000 so‘m
  23. Samsung Galaxy S9+ 256 GB Black, Grey – 6 560 000 so‘m

Izoh: Samsung smartfonlarni yuqorida ko‘rsatilgan narxlarda xarid qilish uchun, hamkorimizga ish vaqtlarida, ya’ni soat 09:00 dan 19:00 gacha +998 (71) 200-01-05 telefon raqami orqali murojaat qilishingiz mumkin. Iltimos, murojaat etganingizda, narxlarni «Terabayt.uz» saytidan olganingizni eslating.

O‘QING: Galaxy S10 naq uch xil modifikatsiyada chiqadi, ulardan biri Huawei P20 Pro’ni «yer tishlatadi»!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!