«Cheksiz yoz» aksiyasi kuzda ham davom etadi!

  •   DiMaX
  •  2132
  •  02.09.2020 15:01

«Cheksiz yoz» aksiyasi kuzda ham davom etadi!

«O‘zbektelekom» aksionerlik jamiyati Uzonline brendi ostida foydali va hamyonbop «UNLIM Summer» yangi aksiyali tarif rejasini taqdim etgan edi. UZTELECOM o‘z abonentlariga yanada qulaylik yaratish maqsadida uni 30 noyabrga qadar uzaytirdi.

O‘QING: Bugunning o‘zida 290 daqiqa, 290 SMS va 290 MBni bepul olishga ulguring!

Eslatib o‘tamiz, juda ham foydali va hamyonbop bo‘lgan «UNLIM Summer» yangi aksiyali tarif rejasiga joriy yilning 15 iyunida start berilgan edi. O‘zbekistonda ilk bor uy telefoni Internet bilan birgalikda bonusli to‘plamda taqdim etila boshlagandi. Shuningdek, ushbu tarif rejasida Internetga ulanish tezligi kishini hayratda qoldiradi, foydalanuvchilar routerdan megabaytlarni maksimal darajada «yuklab» olishsa, buning evaziga atigi 99 000 so‘m to‘lashadi!

Aksiyali tarif avvalgidek yangi ulangan abonentlar va «arxiv» tarif rejalaridan o‘tgan abonentlar uchun 2020 yilning 15 iyunidan 30 noyabrgacha amal qiladi.

Uchta hisob-kitob davri o‘tgandan so‘ng, abonentlar «UNLIM Summer» aksiyali tarif rejadan ulanish texnologiyasiga qarab UNLIM-10 Premium, UNLIM-10, UNLIM-7 tarif rejalariga o‘tkaziladi. Ammo, abonentlar aksiyaning amal qilish muddati tugagunga qadar «UNLIM Summer» mavjud bo‘lgan har qanday tarif rejasiga o‘tishlari mumkin.

Batafsil ma’lumot uchun ushbu havola orqali UZTELECOM saytiga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Yangi tarif rejasi – oliy darajadagi ikki karra cheksizlik!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!