«Chetroq tur, Xiaomi!» – Realme yana bir turdagi ilk devaysini taqdim etyapti

  •   DiMaX
  •  1610
  •  29.02.2020 17:24

«Chetroq tur, Xiaomi!» – Realme yana bir turdagi ilk devaysini taqdim etyapti

Oppo korporatsiyasi aynan Xiaomi’ning Redmi turkumidagi mahsulotlari bilan raqobatlashish uchun RealMe brendini tashkil etgan edi. Chindan ham, u Snapdragon 855 chipli eng arzon smartfon, Redmi TV raqibi – Realme TV va yana Xiaomi’ning uch xil gadjeti «kushanda»larini namoyish etgan.

O‘QING: Bir yilda 500 foizga o‘sgan rekordchi brend birinchi bo‘lib 4G-smartfonlardan voz kechadi!

Ushbu kompaniya o‘zining Realme Band nomli ilk fitnes-brasletini tayyorladi. Bu gadjet korpusi IP68 standartiga ko‘ra suvdan himoyalangan.

Jismoniy faollik haqidagi ma’lumotlarni yig‘uvchi sensorlardan tashqari, Realme Band yana kun davomida yurak urishlari chastotasini hamda pulsni monitoring qilib boruvchi datchikka ham ega.

Mazkur «aqlli» bilaguzuk rangli sensor displeyga ega ekanligi aytilmoqda. Foydalanuvchilar uni Bluetooth orqali smartfonga ulab, tegishli bildirishnomalarni va xabarlarni ko‘rish imkoniga ega bo‘ladilar.

O‘QING: Realme X50 Pro 5G sotuvda: Xiaomi Mi 10 raqibi undan arzon va atigi 35 daqiqada quvvatga to‘ladi!

Aksariyat smart-brasletlardan farqli tarzda, Realme Band modelini quvvatlash uchun bevosita treker korpusidagi USB-A porti qo‘llanadi:

Xaridorlar ushbu aksessuarni yashil, qora yoki sariq rangda olishlari mumkin bo‘ladi.

Realme Band keyingi haftada – 5 mart kuni rasman namoyish qilinadi, ammo uning bozorga chiqariladigan vaqti va narxi hozircha noma’lum. Nima bo‘lganda ham, «Xitoycha Apple»ning Mi Band turkumi bilan raqobatlashish uchun, uni arzon qilishsa kerak.

O‘QING: Mi Band 3’dan ham arzon yangi Mi Band taqdim etildi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!