Chip yetkazib berish bo‘yicha MediaTek yetakchi!

Chip yetkazib berish bo‘yicha MediaTek yetakchi!

Counterpoint tahliliy kompaniyasining mutaxassislari ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning ikkinchi choragida smartfonlar uchun yagona chipli tizimlarning (SoC) global yetkazib berilish hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 31% ga oshgan.

O‘QING: SoC nima?

Agar faqat 5G tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydigan smartfonlarning chiplari haqida gapiradigan bo‘lsak, bu borada yetkazib berish hajmi deyarli to‘rt baravar o‘sdi.

Bozor etakchisi MediaTek bo‘lib turibdi. Kompaniya SoC smartfonlari bozorining 43% ni egalladi. Bir yil oldin MediaTek'ning ulushi 26% ni tashkil qilar edi.

Qualcomm ikkinchi o‘rinda. Ushbu kompaniyaning ulushi yil davomida 28% dan 24% gacha kamaydi.

Uchinchi o‘rin Apple'ga nasib etdi. iPhone 12 seriyasidagi smartfonlarga barqaror talab sabali, kompaniya o‘tgan yilgi 14% ulushini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.

To‘rtinchi o‘rinni UNISOC egalladi. Kompaniya bozor ulushining 4% dan 9% gacha o‘sishiga Honor, realme va Motorola kabi yirik kompaniyalarning undan ko‘p miqdorda chip sotib olgani sabab bo‘ldi.

Samsung kuchli beshlikka yakun yasaydi. Janubiy koreyalik texnogigant ulushi yil davomida 12% dan 7% gacha kamaydi.

Bundan katta zararni 16% dan 3% gacha bozor ulushi kamaygan HiSilicon ko‘rdi. AQSh taqiqlari tufayli, kompaniya Huawei smartfonlarida ishlatiladigan Kirin SoC'larini ishlab chiqara olmadi.

O‘QING: Snapdragon 888 chipiga ega bo‘lgan eng yaxshi smartfonlar bilan tanishamiz

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!