Chirchiqda vagon ustida selfi qilmoqchi bo‘lgan yigitni 27 ming voltlik tok urdi (video)

  •   DiMaX
  •  10404
  •  26.10.2020 15:45

Chirchiqda vagon ustida selfi qilmoqchi bo‘lgan yigitni 27 ming voltlik tok urdi (video)

Toshkent viloyati Chirchiq shahrida poyezd vagoni ustida selfiga tushmoqchi bo‘lgan 14 yoshli yigit yuqori kuchlanishli tok urishi oqibatida og‘ir tan jarohati oldi. Bu haqda «Sevimli» telekanalining «Zamon» informatsion dasturida ma’lum qilindi, deb yozadi Daryo nashri.

O‘QING: DxOMark yilning eng yaxshi selfifonlari reytingini e’lon qildi

Xabarga ko‘ra, 12 oktyabr kuni soat 14:20 larda to‘rt nafar voyaga yetmagan maktab o‘quvchisi poyezd vagoni ustida suratga tushish bo‘yicha o‘zaro garov bog‘lagan. Ular «Chirchiq temir yo‘l bekati»ga kelgan va poyezd vagoni ustiga birinchi bo‘lib chiqqan 14 yoshli Ruslanni temir yo‘l ustiga o‘rnatilgan yuqori kuchlanishdagi elektr toki urgan.

Ma’lum qilinishicha, Ruslan selfiga tushish maqsadida qo‘lidagi telefonini yuqoriga ko‘targan vaqtida 27 ming volt kuchlanishga ega elektr simlariga tegib ketgan. U yiqilib tushgan va yona boshlagan. Hozirda u shifoxonada og‘ir ahvolda yotibdi.

O‘QING: Fotokamera qarshisida halokat yoki selfi nega taqiqlanmoqda?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!