Chiroyli raqamlarni ijaraga oling

Chiroyli raqamlarni ijaraga oling

Mahalliy mobil aloqa operatori UzMobile o‘zining potensial mijozlari uchun ajoyib taklifni taqdim qilmoqda — «Raqam ijarasi» xizmati.

Unga ko‘ra, bo‘lajak abonentlarga GSM standartida ishlovchi chiroyli raqamli SIM kartalarni muddatli to‘lov evaziga sotib olish imkoniyati beriladi.

Ushbu taklifni qabul qilish uchun abonent chiroyli raqam narxining 10% ini dastlabki to‘lov sifatida to‘laydi. Undan so‘ng, har oy 10 oy davomida 10% dan to‘lov amalga oshirib boriladi.

E’tiborli jihati shundaki, raqam narxi uni sotib olayotganingizda belgilanadi va hisob-kitob davri oxirigacha o‘zgarmaydi.

Oylik to‘lovlar 10 oy davomida kalendar oyining birinchi sanasida abonent hisobidan yechib olinadi. Agar abonent shu vaqt mobaynida tarmoq ichida bo‘lsa, natijada abonentga raqamning nominal narxidan 110% hisoblanadi.

Agar abonent o‘z tarif rejasini almashtirsa, bu «Raqam ijarasi» shartnomasiga hech qanday ta’sir qilmaydi, biroq abonent pullik toifadagi raqamni almashtirsa, oldingi to‘langan mablag‘lar qaytarilmaydi.

Shartnomani bekor qilib, raqamni topshirmoqchi bo‘lgan abonent UzMobile'ning filialiga murojaat qilishi kerak bo‘ladi.

Ushbu taklif haqida to‘liq ma’lumot olish uchun kompaniyaning rasmiy saytidagi maxsus sahifaga o‘ting.

O‘QING: Beeline abituriyentlar uchun zo‘r yangilik e’lon qildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!