Chizmalar Xiaomi 12 Ultra qanday dizaynda bo‘lishini ko‘rsatib berdi

Chizmalar Xiaomi 12 Ultra qanday dizaynda bo‘lishini ko‘rsatib berdi

Xiaomi doim yangicha dizayndagi smartfonlarni ishlab chiqarishga harakat qiladi. Smartfonlar sotuvga chiqishidan avval patentlash jarayonidan o‘tadi. Aynan ushbu bosqichda smartfon qanday dizaynda bo‘lishi ma’lum bo‘ladi. 

O‘QING: Motorola beshta yangi smartfonni taqdim etdi 

Xiaomi o‘zining yangi smartfoninining chizmalarini taqdim etdi. Katta ehtimol bilan bu - Xiaomi 12 Ultra smartfoni bo‘lishi mumkin. 

Suratdagi chizmadan ko‘rinib turibdiki, smartfon to‘rta kameraga ega bo‘ladi. Asosiy sensor kamera modulining eng yuqori qismda joylashgan bo‘lsa, periskop kamera pastki qismidan o‘rin olgan. Mi 11 Ultra smartfoniga uchta kamera o‘rnatilgan edi. Uning yangi avlodida esa kameralar soni bittaga ko‘payadi. 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon 50MP, 48MP, 48MP, 48MP rezolyutsiyadagi kameralarga ega bo‘ladi. Xiaomi 12 Ultra yumaloq tirqishli selfi kameraga, Xiaomi 12 Enhanced Edition esa Xiaomi Mix 4 kabi ekranosti selfi kameraga ega bo‘lishi kutilmoqda. 

Xiaomi 12 smartfonining rasmiy taqdimoti 12-dekabr sanasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Xiaomi 12 Pro, Xiaomi 12 Ultra, Xiaomi 12 Ultra Enhanced Edition smartfonlari esa fevral oyining oxirida taqdim etiladi. 

O‘QING: Galaxy A73'ning renderlari e’lon qilindi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!