Cholni ko‘rib bobom dema!

Cholni ko‘rib bobom dema!

Bloomberg, nashrining xabar berishicha, Apple va Meta kompaniyalari 2021-yil o‘rtalarida o‘zini huquq-tartibot idoralari mansabdor shaxslari deya tanishtirgan xakerlarga noma’lum miqdordagi foydalanuvchilar ma’lumotlarini taqdim etgan. Kiberjinoyatchilarning soxta "favqulodda so‘ralgan ma’lumotlar" so‘roviga javoban ulashilgan ma’lumotlar mijozning manzili, telefon raqami va IP adresini o‘z ichiga oladi. Bir necha kun oldin esa kiberjinoyatchilar Discord ijtimoiy media platformasidan ma’lumot olish uchun soxta "favqulodda ma’lumotlar" so‘rovini yuborgan deya xabar bergan Krebs on Security. Natijada Discord ham foydalanuvchilar internet manzili tarixi ma’lumotlarini ulashgan.

Snapchat ijtimoiy tarmog‘i kompaniyasi Snap uchun ham shunday soxta qonuniy so‘rov yuborilgan, ammo kompaniya ma’lumotlarni taqdim qilganmi yoki yo‘q, hozircha noma’lum. Odatda, bunday ma’lumotlar berish, faqat sudya tomonidan imzolangan qog‘oz yoki qidiruv buyrug‘i qog‘ozi bilan ta’minlanadi, lekin "favqulodda so‘rovlar" sud qarorini talab qilmasligi aytilmoqda.

Aniqlanishicha, soxta so‘rovlar huquq-tartibot idoralariga tegishli bo‘lgan elektron pochta orqali yuborilgan. Kiberxavfsizlik bo‘yicha tadqiqotchilar soxta so‘rovlarni yuborgan xakerlarning bir qismi Buyuk Britaniya va AQShda joylashgan voyaga yetmaganlar ekanligini tahmin qilishmoqda va ulardan biri yaqinda Microsoft, Samsung, Nvidia va boshqa kompaniyalarga hujum uyushtirgan Lapsus$ xakerlar guruhining "kattasi" ekanligiga ishonishmoqda.

Butun dunyo bo‘ylab huquq-tartibot idoralari jinoiy tergov doirasida muntazam ravishda ijtimoiy media platformalaridan foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlarni so‘raydi va Apple, Facyebook kabi kompaniyalar uchun bunday so‘rovlar notanish emas. Kompaniyalar ularga javob berish uchun jamoalarga egalar. Ular bu so‘rovlarning haqiqiy manbadan kelganligini tekshirishadi va taqdim qilishadi.

Dark Web do‘konlarida huquqni muhofaza qilish idoralarining buzilgan elektron pochta akkauntlari 10 dan 50 dollargacha bo‘lgan narxda sotilishini ma’lum qilgan Resecurity kiberxavfsizlik firmasining bosh direktori Gen Yu.

O‘QING: Tuya ko‘rdingmi — yo‘q, biya ko‘rdingmi — yo‘q!