Cho'ntakbop Galaxy A buklamafonining narxi qancha?

Cho'ntakbop Galaxy A buklamafonining narxi qancha?

Samsung allaqachon buklamafonlar bozorida tahminan 80% ulushga ega, lekin Janubiy Koreya kompaniyasiga kundan kunga yangi raqiblar chiqmoqda. Hozirda kompaniyaning buklamafonlari premium mahsulotlar bo'lib, endilikda ma'lum bo'lishicha, kompaniya o'zining bozordagi pozitsiyasini yanada mustahkamlash uchun cho'ntakbop narxdagi buklamafonlar ustida ham ishlamoqda.

Xabarlarga ko'ra, arzon narxdagi buklamafonlar Galaxy A qatorida Galaxy Fold buklamafoni shakliga ega bo'ladi va u 2024-yil oxiri yoki 2025-yil boshida chiqarilishi kutilmoqda. Agar Galaxy Z Flip 3 buklamafoni allaqachon 1,000 dollar atrofida sotilishi hisobga olsak, cho'ntakbop Galaxy A Fold buklamafoni undan arzonroq bo'lishi, ayrim mish-mishlarga qaraganda, 1 million von yoxud 770 dollar atrofida bo'lishi aytilmoqda.

Qurilmaning texnik xususiyatlari haqida hali hech qanday ma'lumotlar yo'q, lekin bu arzon narxdagi buklamafon ekan, Samsung unchalik kuchli bo'lgan chipsetlar va kamera komponentlaridan foydalanishi aniq.

O'QING: Galaxy smartfonlarini yetkazib berish 16% ga qisqardi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!