Chordoqda 30 yil chang bosib yotgan Apple kompyuteri topildi. Uni yoqib ko‘rishsa...

  •   DiMaX
  •  4800
  •  19.02.2019 09:33

Chordoqda 30 yil chang bosib yotgan Apple kompyuteri topildi. Uni yoqib ko‘rishsa...

Nyu-Yorklik professor Jon Pfaff o‘z uyining chordog‘iga chiqarib qo‘yilgan eski-tuskilar orasidagi kompyuterni payqab qoldi. Bu – Apple Iie rusumli qurilma bo‘lib, deyarli o‘ttiz yildan beri o‘sha yerda chang bosib yotgan ekan.

O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: Kiberxavfsizlikka mas’ul Yaponiya vaziri umrida biror marta kompyuter ishlatib ko‘rmagan ekan!

Pfaff shunchaki qiziqib, kompyuterni yoqib va unga disketani qo‘yib ko‘rdi. Kutilmaganda ekranga savol chiqdi: «Siz saqlab qo‘yilgan o‘yinni qayta tiklamoqchimisiz?»

Buni qarangki, Jon Pfaff bir zamonlar ushbu kompyuterda Adventureland o‘yinini o‘ynagan, uning qaysidir bosqichidan o‘tolmay qolgan va keyin esidan ham chiqarib yuborgan ekan. Professor bu disketada yana bir nechta eski o‘yinlar, jumladan, «Millioner» va «Neyromant» ham borligini aniqlagan.

O‘QING: Afsonaviy Super Mario Bros o‘yinining kartriji auksionda rekord narxda sotildi

Professorning ta’kidlashicha, kompyuter xuddi yangi paytidagidek ishlayapti, faqat korpusidagi plastik vaqt o‘tishi bilan sarg‘ayib ketgan.

Apple IIe modeli – mazkur kompaniya tarixidagi uchinchi kompyuter hisoblanadi. Uni 1983 yildan to 1993 yilgacha turli modifikatsiyalarda ishlab chiqarishgan va jamlanma tarkibiga qarab 1395 dan to 1995 dollargacha narxda sotishgan. Hozirgi zamon ko‘zi bilan qaraganda, bu qurilmaning texnik xususiyatlari juda kulgili: takt chastotasi 1 megegers (gigagers emas!) bo‘lgan protsessor, 64 kilobaytlik tezkor va 16 kilobaytlik ichki xotira.

O‘QING: Apple I kompyuteri qachon va qanday yaratilgan edi?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!