Chrome brauzeri Windows 7'dan voz kechmoqda

Chrome brauzeri Windows 7'dan voz kechmoqda

Google kompaniyasi o'zining kompyuter uchun Chrome brauzeriga 2023-yilning 7-fevralida 110-versiyani chiqarishni rejalashtirmoqda. Qizig'i shundaki, ushbu yangilanish bilan Chrome brauzeri Microsoft'ning ikki eski operatsion tizimlari: Windows 7 va Windows 8'ni qo'llab-quvvatlashni to'xtatadi.

"Bu Microsoft tomonidan 2023-yil 10-yanvarda Windows 7 ESU va Windows 8.1 kengaytirilgan qo'llab-quvvatlashining yakunlashiga to'g'ri keladi." deyiladi Google'ning qo'llab-quvvatlash sahifasida.

Albatta, Chrome brauzerining eski versiyalari Windows 7 va Windows 8.1 bilan ishlashda davom etadi, ammo bu operatsion tizimlarda foydalanuvchilar uchun ortiq yangilanishlar chiqarilmaydi. Google Microsoft'ning eski operatsion tizimlari foydalanuvchilariga Chrome yangilanishlarini qabul qilishda davom etish uchun Windows 10 yoki undan yuqori versiyaga o'tishni maslahat beradi.

O'QING: Microsoft o‘zining Windows operatsion tizimlari uchun CCleaner'ga o‘xshash dastur ishlamoqda

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!