Chrome’da uzoq kutilgan funksiya ishga tushdi, uni qanday yoqamiz?

  •   DiMaX
  •  1803
  •  25.04.2019 10:46

Chrome’da uzoq kutilgan funksiya ishga tushdi, uni qanday yoqamiz?

Nihoyat, Google dasturchilari foydalanuvchilar ko‘pdan buyon kutayotgan tungi rejim – to‘qrang interfeys funksiyasini Chrome brauzeriga joriy etishdi. Mac kompyuterlari egalari Chrome 73 versiyasidan boshlab undan foydalanib kelayotgan bo‘lsalar, Windows 10 uchun bu funksiya brauzerning 74-versiyasidan amalga kiritildi.

O‘QING: Google Chrome’ga endi qo‘shiladigan reklamasiz mutolaa rejimini hoziroq sinab ko‘rish mumkin!

Afsuski, Windows uchun chiqarilgan Chrome’da tungi rejimni yoqish unchalik oson emas, shu bois ham uni qanday faollashtirishni qadam-baqadam ko‘rib chiqamiz.

Demak, Windows 10 tizimli kompyuter yoki noutbukingizda Chrome’ning to‘qrang interfeysini faollashtirish uchun, avvalo, uni so‘nggi talqingacha yangilab oling. Buning uchun brauzerning yuqori o‘ng burchagidagi, tikkasiga joylashgan uchta nuqta belgichasini bosib, ochilgan menyuning oxirrog‘idagi «Spravka» bandiga borib, yonida ochilgan «O brauzere Chrome»ni bosasiz. Shu yerdagi birinchi qatorda brauzeringizning hozirgi versiyasini ko‘rasiz; agarda internetga ulangan bo‘lsangiz, darrov uni yangilay boshlaydi. Yangilanish yakunlangach, «Perezapustit» tugmachasini bosasiz va Chrome o‘chib-yonadi.

Brauzeringizni Chrome 74 talqinigacha yangilab olgach, Windows tizimining sozlamalariga kirasiz va u yerdan izlab rang parametrlari bo‘limini ochasiz. Buning eng oson yo‘li – «Pusk» («Windows») tugmachasini bosib, klaviaturaning o‘zida «Parametri sveta» deb yozasiz – o‘sha bo‘lim chiqadi va ustiga sichqoncha bilan chertasiz. Bu bo‘limda sal pastroqqa tushib, ilovalar uchun to‘qrang – «Temniy» rejimini tanlaysiz:

Shundan keyinoq Chrome interfeysi tungi rejimga o‘tib qoladi:

Payqagan bo‘lsangiz kerak – yuqoridagi usul orqali siz Windows tizimidagi barcha dasturlar uchun to‘qrang rejimini faollashtirasiz.

O‘QING: Internetingizni 98 foizgacha tejovchi Google Chrome’ning tezkor yangi versiyasini hoziroq sinab ko‘ring!

Lekin, agarda agarda boshqa dasturlar uchun tungi rejim kerak bo‘lmasa, uni faqat Chrome’ning o‘zi uchungina ishga tushirish yo‘li ham bor. Buning uchun ish stolidagi Chrome yorlig‘ining ustiga sichqonchaning o‘ng tugmachasi bilan chertib, ochilgan menyuchadan uning «Xususiyatlari», ya’ni «Svoystva»ga kirasiz. Undagi ob’yekt maydonchasidagi yozuv oxiriga «--force-dark-mode» qismini qo‘shasiz (mana shu yerdan nusxalab olib tashlaganingiz ma’qulroq). Bu qo‘shimchani qo‘shtirnoqlarsiz, yorliq manzilidan keyin bitta probel (bo‘shliq) qoldirib, keyin tashlash kerak:

Bo‘ldi, endi Chrome interfeysi to‘qrang bo‘lib qoldi, ammo yodda tuting: bu rejim brauzerning o‘zi uchungina amal qiladi. Saytlarning to‘qrang ko‘rinishi uchun esa...

O‘QING: Har qanday saytni «tungi rejim»ga o‘tkazuvchi kengaytma ko‘zingiz nurini asraydi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.