Chrome endi protsessor va akkumulyatorni tejaydigan bo‘ldi!

  •   DiMaX
  •  559
  •  18.11.2020 15:15

Chrome endi protsessor va akkumulyatorni tejaydigan bo‘ldi!

Google kompaniyasi avvalroq o‘zining Chrome brauzeri uchun biror saytdagi aynan kerakli parchani topish imkonini beruvchi yangi kengaytma taqdim etgan edi. Endi esa mazkur dasturning yangi versiyasida samaradorlik va quvvat tejamkorligini yaxshiladi.

O‘QING: iPhone va Android-smartfonlar uchun eng zo‘r brauzerlar («Roskachestvo» reytingi)

Google Chrome brauzerining navbatdagi yangilanishida ko‘plab ichki o‘zgarishlar amalga oshirilgan. Dasturchilarning ta’kidlashicha, ilova endi varaqalarni sezilarli darajada tezkorroq ochadigan hamda protsessorning resurslarini kamroq sarflaydigan bo‘lgan. Natijada esa noutbuklarning akkumulyatori quvvatini tejashga, avtonomligini oshirishga erishiladi.

Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Google Chrome yangi versiyasida endi ayni damda ochiq turgan varaqa boshqalariga nisbatan ustunlikka ega bo‘ladi. Ya’ni, fondagi varaqalarga protsessor kuchi sarflanmay turadi; natijada unga tushadigan yuklama besh karragacha pasayadi. Natijada esa Chrome orqali veb-syorfing rejimida noutbukning avtonomligi 1,25 soat oshuviga olib keladi.

Google xabariga ko‘ra, yangilangan brauzerning ishga tushishi avvalgisidan 25% tezkorroq bo‘lgan, unda yangi varaqalar ochilish tezligi esa 7% ga oshgan.

Boshqa yangi imkoniyatlari qatorida varaqalar bo‘ylab qidiruv funksiyasi hamda brauzer sozlamalarini bevosita manzil qatoridanoq yangilash imkonini aytib o‘tish mumkin.

Chrome’ning yangi versiyasi aksariyat hududlardagi foydalanuvchilarga tarqatilmoqda, brauzeringizda yangilanishlarni tekshirib turing.

O‘QING: Chrome – eng «ochofat» brauzer, lekin siz uning «nafsini jilovlay» olasiz!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.