Chrome foydalanuvchilari yana xavf ostida!

  •   DiMaX
  •  581
  •  22.04.2020 14:02

Chrome foydalanuvchilari yana xavf ostida!

Google ishlab chiqqan Chrome ilovasi eng ommabop, lekin tizim resurslarini, tezkor xotirani va protsessor kuchini eng ko‘p talab etuvchi brauzer hisoblanadi. Garchi qidiruv giganti uning 81-talqinini uzoq muddatda va yaxshilab tayyorlagan bo‘lsa-da, baribir chalasi qolgan ekan.

O‘QING: Chrome – eng «ochofat» brauzer, lekin siz uning «nafsini jilovlay» olasiz!

Chrome 81 tarqatila boshlaganidan keyin bir necha kun o‘tib, uning kodida xavfli zaiflik mavjudligini Google tan oldi. Himoyadagi mazkur tirqish ovozni tanish funksiyasiga bog‘liq ekanligi aytilmoqda.

Google dasturchilari ushbu kamchilikni bartaraf etib, Chrome brauzerining 81.0.4044.113 raqamli apdeytini tarqata boshlashdi. Kompaniya barcha foydalanuvchilarga uni o‘rnatib olishni qattiq tavsiya etmoqda.

Aytish kerakki, Chrome 81 taqdimoti 17 martga belgilangan bo‘lsa-da, koronavirus pandemiyasi sababli sal kechikib chiqqan. Unda ikkita muhim jihat mavjud: WebXR to‘ldirilgan borliq texnologiyasining qo‘llab-quvvatlanishi kuchaytirilgan va Web NFC standartining dastlabki qo‘llab-quvvatlanishi joriy etilgan. Uni rasmiy saytdan ushbu havola orqali yuklab (yoki yangilab) olish mumkin.

O‘QING: Google Chrome’da jonga teguvchi bildirishnomalarni butkul o‘chirib qo‘yamiz

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!