Chrome’ni sekinlashtirayotgan reklama va viruslardan osongina qutulamiz!

  •   DiMaX
  •  2362
  •  28.11.2018 15:19

Chrome’ni sekinlashtirayotgan reklama va viruslardan osongina qutulamiz!

Hozirda butun dunyoda eng keng qo‘llanilayotgan brauzerlardan biri Google Chrome hisoblanadi. Lekin ba’zi hollarda uning kengaytmalari yoki boshqa omillar ushbu dasturning tezligini pasaytirib qo‘yadi.

O‘QING: Google Chrome 70 brauzeri: asosiy e’tibor xavfsizlikka qaratildi

Xullas, shu kabi xalaqit beruvchi elementlardan qutulish uchun brauzerning o‘ziga joriy etilgan jihozdan foydalanish mumkin. Bu judayam oson:

  1. Chrome brauzerini ochamiz, uning manzil qatoriga chrome://settings/cleanup yozuvini terib (yoki mana shu yerdan nusxalab tashlab), «Enter» tugmachasini bosamiz..
  2. Tekshiruvning tugashini kutamiz – bu bir necha daqiqa davom etishi mumkin.
  3. Topilgan barcha elementlarni o‘chiramiz.

Yodda tuting, ushbu jihoz faqat Chrome brauzerining ishlashiga xalaqit berayotgan kengaytmalar va jarayonlarnigina izlaydi, ya’ni u to‘laqonli antivirus emas. Lekin quyidagi hollarda undan foydalanish mumkin:

  1. Biror kengaytmani o‘chirib bo‘lmay qolganida.
  2. Brauzerning boshlang‘ich sahifasi («Domashnyaya stranitsa») o‘z-o‘zidan almashib qolganida.
  3. Brauzerda reklama ko‘payib, tez-tez qalqib chiqaversa.
  4. Chrome juda sekinlashib qolganida.

Agarda Chrome’ni o‘zidagi ushbu jihozi orqali tozalaganingizdan keyin ham o‘sha muammolar qolgan bo‘lsa, u holda to‘laqonli antivirusdan foydalanishga to‘g‘ri keladi.

O‘QING: Windows’dagi barcha viruslarni daf qiluvchi bepul dastur