Chrome OS tizimidagi yangilanishdan so‘ng, ushbu operatsion tizimida ishlovchi qurilmalarda muammolar yuzaga keldi

Chrome OS tizimidagi yangilanishdan so‘ng, ushbu operatsion tizimida ishlovchi qurilmalarda muammolar yuzaga keldi

Gizchina ma’lumotlariga ko‘ra, Chrome operatsion tizimidagi yangilanishdan so‘ng, tizimda katta muammo yuzaga kelgan. Aniqlanishicha, foydalanuvchilar o‘z qurilmalaridan foydalana olmayaptilar.

O‘QING: IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishdagi noroziliklarga rasmiy munosabat bildirildi

Ma’lumotlarga ko‘ra, Chrome OS 91.0.4472.165 versiyasini yuklab olgandan so‘ng, foydalanuvchilar o‘zlarining profillariga kirish imkoniyatidan mahrum bo‘lganlar. Yangi dasturiy ta’minotdagi nosozlik haqidagi xabar Google vakillariga yetkazilgandan so‘ng, ular nosozlik yuz berganini tan olishdi va keyin yangilanish fayllarini serverlardan o‘chirib tashlashdi. Ayni paytda kompaniya yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etishga bor e’tiborni qaratgan.

Profillariga kira olmayotgan foydalanuvchilarga qanday qilib profillariga kirishlari to‘g‘risida hech qanday ko‘rsatma berilmagan. Ayrim manbalar profilga kirishning ikki xil yo‘li borligini aytishmoqda. Birinchisi tizimni qaytadan o‘rnatish, ikkinchisi esa Chrome operatsion tizimining avvalgi versiyasiga qaytishdan iborat.

O‘QING: HarmonyOS tizimli ilk qurilmani Huawei’dan ham oldin boshqasi chiqaryapti!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!