Chumoli boshidek kattalikdagi, motorsiz robot 134 metr/soat tezlikda yugura oladi! (+video)

  •   DiMaX
  •  1558
  •  04.02.2019 11:39

Chumoli boshidek kattalikdagi, motorsiz robot 134 metr/soat tezlikda yugura oladi! (+video)

Merilen universitetidagi professor Sara Bergbreyter (Sarah Bergbreiter) laboratoriyasida Rayan Sen-Per rahbarligidagi tadqiqotchilar guruhi o‘ta kichkina robot yasashdi. Atigi chumolining boshichalik keladigan bu mittivoyning og‘irligi atigi bir milligram!

O‘QING: Oila qurishni istagan robot – Saudiya fuqarosi Sofiya singilli bo‘ldi! (+video)

Robotning o‘lchamlari 2,5x1,6x0,7 millimetrni tashkil etadi. Unga g‘ildiraksimon to‘rtta oyoq o‘rnatilgan. «Kichkina demang bizni...» deganlaridek, ushbu robotcha soniyasiga 37,3 millimetr tezlikda chopa oladi. Tushunarli tarzda ifodalasak, bu – soatiga 134 metr, deganidir.

Mana, quyidagi videoda uni kattalashtirib ko‘rsatishgan:

Eng qizig‘i – bu robotchaning o‘z dvigateli yo‘q! Uning oyoqchalariga magnitlar o‘rnatilgan bo‘lib, tashqi magnit maydonidan kuch olib harakatlanadi. Robotning «son»laridagi magnitlarning joylashuvini o‘zgartirib, uning yurishini dasturlash imkoni bor.

O‘QING: Bugun – insoniyatga robot tanitilgan va robot ilk bor qotillik qilgan kun!

Mazkur mitti robotni aniq biror maqsadni ko‘zlab yaratishmagan, ammo ko‘p joylarda qo‘l kelishi aniq. Uning yordamida mitti hasharotlarning harakatlanish tamoyillarini o‘rganish mumkin, lekin asosiysi – bu ishlanma harbiylar, qutqaruvchilar va shifokorlarning ishlarida asqotishi tabiiy.

Darvoqe, Terabayt.uz saytida robotlar bilan bog‘liq turli xabarlar e’lon qilingan: Saudiya fuqaroligini olgan robotning endi oila qurishni istagan, shu mamlakatda robotni rasman davlat ishiga tayinlashgan, «sevish uchun» maxsus robot yaratilgan, «Terminator-2» filmidagi afsonaviy T-1000 kabi suyuq robot ishlab chiqilgan, Ilon Mask odamsimon jangovar robot taqdim etmoqchi, Dubayda robot-politsiyachi ish boshlaydi, Yaponiyada esa tarjimon robot talabalarga dars beradi, Rossiyada bankda robot-kollektor ish boshlagan, Oksford universitetida esa robot murakkab ko‘z jarrohligi amaliyotini o‘tkazgan...

O‘QING: ROBOTLAR ISYoNI – BU SIZGA FANTASTIKA EMAS

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!