CIRP: Apple AQShda foydalanuvchilarning sodiqlik reytingi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi

CIRP: Apple AQShda foydalanuvchilarning sodiqlik reytingi bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi

Apple Qo‘shma Shtatlarda eng kuchli brendlardan biri hisoblanadi. CIRP bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 90% Apple foydalanuvchilari o‘z brendlariga sodiq qolishmoqda. Taqqoslash uchun, 70% ga yaqin Samsung foydalanuvchilari yana yangi Samsung smartfonlarini sotib olib, o‘z brendlariga sodiq qolishmoqda. 

O‘QING: Apple'ning choraklik daromadi ma’lum qilindi 

CIRP'ning ta’kidlashicha, foydalanuvchilarning Apple'ga sodiq qolishlariga Apple'dan boshqa hech qaysi kompaniya iOS tizimida ishlaydigan smartfon ishlab chiqarmasligi sabab bo‘lgan.

Android foydalanuvchilari esa aksincha, o‘zlari yoqtirgan brendlaridan smartfon sotib olishlari mumkin. Aslida Samsung'ning ulushi juda yuqori chunki, AQShda hech qaysi Xitoy brendi sotilmagani uchun ushbu mamlakatlarda yashovchi foydalanuvchilarda tanlov imkoniyati kam. Bu esa Motorola hamda LG kompaniyalarining avalgidek ushbu reytingga kirishiga sabab bo‘ldi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi uch yil ichida Qo‘shma Shtatlardagi barcha smartfonlar sotuvining 43 foizi Apple hissasiga to‘g‘ri keladi. Ikkinchi o‘rinni 31% Samsung egallagan bo‘lsa, LG 9% bilan uchinchi o‘ringa joylashgan. 

O‘QING: Samsung 3-chorakda rekord darajada foyda ko‘rdi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!