Click bilan «qiliq qilgan» shovotlik «shovvoz» qo‘lga tushdi

  •   DiMaX
  •  1633
  •  24.01.2020 16:09

Click bilan «qiliq qilgan» shovotlik «shovvoz» qo‘lga tushdi

Bank plastik kartochkalarining naqd pul ishlatishdan ko‘ra afzal jihatlari ko‘p, lekin noqulay tomonlari ham yo‘q emas. Shulardan biri – hisobdagi pullarning xakerlar, firibgarlar yoki o‘g‘rilar tomonidan noqonuniy tarzda qo‘lga kiritilishidir.

O‘QING: Jiddiy jinoyat: Plastik kartangizdagi pulni bankdagilar ham o‘g‘irlashi mumkin!

Xorazmda 40 yoshli Karimboy I. ham ana shunday noqonuniy ishga qo‘l urganlardan biridir, deya xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti. U o‘zining nomiga rasmiylashtirilgan +9989*-***-**-** raqamli SIM-kartaning TIF «Milliy bank» Shovot filialida fuqaro 23 yoshli G.Ya.ning nomiga rasmiylashtirilgan plastik kartochkasiga «Bank SMS» tizimi orqali ulanganligini bila turib, ushbu plastik kartochkadan Click dasturi orqali 2019 yil 15 avgust kunidan 31 avgust kuniga qadar 1.136.000 so‘m va 2 oktyabr kuni 1.114.000 so‘m pullarni yashirin ravishda qo‘lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan Shovot tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Karimboy I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «b» bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida Karimboy I. tomonidan G.Ya.ga yetkazilgan moddiy zarar to‘liq undirilgan. Karimboy I.ga ushbu modda bilan ayblov e’lon qilingan va unga nisbatan «shaxsiy kafillik» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

2019 yilning 27 noyabr kuni jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sud muhokamasiga yuborilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Gurlan tuman sudining 2020 yil 8 yanvardagi hukmi bilan Karimboy I. JKning 169-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan aybdor deb topilib, unga bir yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

O‘QING: Plastik kartochka yo‘qolsa nima qilish kerakligini bilasizmi?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!