Clubhouse nima bo‘pti – chiqiboq App Store lideriga aylangan yangi ijtimoiy tarmoqni qarshi oling!

  •   DiMaX
  •  850
  •  27.05.2021 17:40

Clubhouse nima bo‘pti – chiqiboq App Store lideriga aylangan yangi ijtimoiy tarmoqni qarshi oling!

Joriy yilning boshidan Clubhouse ijtimoiy tarmog‘i ommalashgan – dastlab u faqat iOS operatsion tizimi uchun taqdim etilgan bo‘lsa, endi ilovaning Android talqini ham chiqqan. Biroq o‘tgan haftada yana bir ijtimoiy tarmoq paydo bo‘ldi...

O‘QING: Yangi trend: Clubhouse qanday ijtimoiy tarmoq?

Poparazzi nomli ushbu yangi ijtimoiy tarmoq ilovasi darhol App Store reytingida yuklab olishlar soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi, deb yozadi UZZOOM.

Yangi ijtimoiy tarmoqning asosiy xususiyatlaridan biri – unda sizning do‘stlaringiz sizning profilingizni boshqaradi. Faqat akkaunt egasiga obunachi bo‘lgan foydalanuvchilar profilga post qo‘yishlari mumkin.

Ilova Instagram prinsipi asosida ishlaydi, ammo selfi va tahrirlangan fotosuratlar dasturda qabul qilinmaydi. Poparazzi ko‘proq «live» formati uchun mo‘ljallangan.

Shuningdek, fotosuratlarga izoh berish mumkin emas va obunachilar soni boshqa foydalanuvchilar uchun ko‘rinmaydi. Ayfon yoki aypadga Poparazzi ilovasini mana bu havola orqali o‘rnatib olish mumkin.

O‘QING: Prezident jonli efirda Instagram foydalanuvchisini haqoratladi va uni topib yo‘q qilishga va’da berdi (video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!