Clubhouse’ning keragi yo‘q: Android va iOS uchun Twitter’da ovozli chat ishga tushdi! (+video)

  •   DiMaX
  •  371
  •  04.05.2021 17:00

Clubhouse’ning keragi yo‘q: Android va iOS uchun Twitter’da ovozli chat ishga tushdi! (+video)

Joriy yilning boshidan trendga chiqqan Clubhouse ijtimoiy tarmog‘idan xabaringiz bor – unda faqat ovozli xabarlar orqali muloqot qilinadi. Yaqindagina unda foydalanuvchilar pul ishlab olishi mumkin bo‘lgan funksiya joriy etilgan edi.

O‘QING: Yangi trend: Clubhouse qanday ijtimoiy tarmoq?

Twitter kompaniyasi esa shu tarmoqning asosiy funksiyasini o‘zida jamlovchi yangi – Spaces nomli servisni ishga tushirdi. Mazkur servis mikrobloglar tarmog‘ining Android hamda iOS tizimli qurilmalarda ishlovchi mobil ilovasiga joriy etilgan.

Spaces servisi ham xuddi Clubhouse ilovasi kabi ishlaydi – ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari unda guruhli audiochatlar yaratishlari va ularda turli mavzularda suhbat qurishlari mumkin. Ishtirokchilar unda spikerlarga emodzilar yordamida munosabat bildirishlari, shuningdek, muhokamaga qo‘shilishlari kabi imkoniyatlar mavjud. Twitter dasturchilari kelajakda ushbu servis imkoniyatlarini kengaytirib borishmoqchi.

Twitter tarmog‘ida Spaces audioxonalarini hozircha faqat obunachilari 600 nafardan kam bo‘lmagan akkauntlar egalari yarata oladilar. Bu cheklov keyinroq olib tashlanishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Clubhouse ijtimoiy tarmog‘ining kliyenti rasman faqatgina iOS tizimi uchun taqdim etilgan, lekin Android-qurilmalarga mo‘ljallangan norasmiy ilovasi ham chiqqan. Uning Android tizimli gadjetlarga chiqish vaqti va tayyorlanayotgan ilovaning skrinshotini tarmoq dasturchisi e’lon qilgan.

O‘QING: Chirchiqdagi fohishaxona ijtimoiy tarmoqda reklama qilingan

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!