COD: Warzone mobil qurilmalar uchun ham chiqariladi

COD: Warzone mobil qurilmalar uchun ham chiqariladi

Activision kompaniyasi Call of Duty®: Warzone™ o‘yinining mobil versiyasini ishlab chiqarish uchun bir nechta mutaxasisslarni ishga olmoqchi ekanligi haqida e’lon berdi. 

"Biz o‘yinchilar uchun Call of Duty®: Warzone™ ning butunlay yangi, AAA mobil tajribasini yaratmoqdamiz. Bu "battle royal" tajribasidagi o‘yin zamonaviy texnologiyalar bilan mobil qurilmalar uchun yaratilmoqda. Bizning iste’dodlardan iborat jamoamizga qo‘shiling." deya xabar qoldirgan kompaniya Call of Duty blogida. 

Garchi bu o‘yin uchun rasmiy bayonot bo‘lmasada, xabardan Warzone Mobile o‘yinining yaratilish jarayoni allaqachon boshlab yuborilganini bilish mumkin. Warzone Mobile qachon chiqarilishi aniq emas, lekin katta ehtimol bilan shu yil oxirida chiqarilishi mumkin va bu COD: Mobile o‘yinidan keyingi mobil qurilmalar uchun chiqarilgan Call of Duty'ning ikkinchi o‘yini bo‘ladi. 

Kompaniya o‘yinni yaratish uchun injinerlar, dizaynerlar, prodyuserlar va mahsulot menejerlarini qidirmoqda. Vakansiyalar uchun batafsil ma’lumotlarni bu yerdan topishingiz mumkin. 

O‘QING: Call of Duty: Warzone 2 va Modern Warfare (2019) ning davomi rasman shu yili chiqariladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!