ColaPhone? Internetda ilk Coca-Cola smartfoni renderlari tarqaldi!

ColaPhone? Internetda ilk Coca-Cola smartfoni renderlari tarqaldi!

Coca-Cola brendi shu darajada taniqliki, butun dunyoning 94 foizi uning qizil-oq rangli logotipini taniydi. Shunday kompaniya smartfon ishlab chiqarsa kim ham olmaydi deysiz? Kecha Twitter'da ishonchli insayderlardan biri, Ice Universe, Coca-Cola logotipi tushirilgan smartfon renderini ko'rsatdi.

Smartfonning Coca-Cola logotipi tushirilgan qizil gradientli orqa tomoni to'liq ko'rsatilgan renderda ikkita katta yumaloq kameralar va LED chirog'ini ko'rishingiz mumkin. Bir qarashda smartfon Realme 10 smartfonini eslatib yuboradi yoxud bu o'sha smartfonning o'zi.

Shuningdek, Twitter'da ColaPhone sahifasi ham paydo bo'ldi. U dunyodagi eng taniqli sakkizta smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyalar: Samsung, Apple, Xiaomi, Oppo, OnePlus, Huawei, Nothing va Realme rasmiy sahifalariga obuna bo'lgan. Ehtimol, bu havaskor muxlis tomonidan ochilgan akkaunt bo'lishi ham mumkin.

Mish-mishlarga ko'ra, ColaPhone joriy yilning birinchi choragida, fevral yoki mart oyida Hindistonda taqdim qilinadi. Afsuski, boshqa ma'lumotlar hozircha noma'lum.

O'QING: Yangi Spark sotuvga chiqdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.