Collapse OS – «Oxirzamon operatsion tizimi» yaratildi!

  •   DiMaX
  •  3749
  •  10.10.2019 16:14

Collapse OS – «Oxirzamon operatsion tizimi» yaratildi!

Virjil Dyupra ismli dasturchi Collapse OS nomli yangi operatsion tizim yaratdi. Garchi dizaynerlik interfeysi bilan maqtana olmasa-da, u apparat resurslarini kam talab etadi va, muallifining ta’kidlashicha, global ofat holatlarida asqotadi.

O‘QING: Videoo‘yinlarga ko‘chgan mashhur fantastik kinolar

Dasturchining fikricha, global tabiiy ofat yoki texnogen falokat yuz beradigan bo‘lsa, zamonaviy elektronika jihozlari ham, qudratli kompyuterlar ham ishdan chiqadi. Lekin yetarlicha bilimga ega insonlar o‘shanda «noldan boshlab» o‘z kompyuterlarini yarata oladilar. Collapse OS ayni o‘sha paytda asqotib qoladi.

«Oxirzamon operatsion tizimi»ning ishlash algoritmi butkul yangidan kompyuter terishni ko‘zda tutadi. Kompyuterlarni esa o‘sha paytda metallolomga aylangan turli qurilmalar qoldiqlaridan, har kim o‘zi bilganicha yasashi mumkin va ularda Collapse OS qo‘llanaveradi.

O‘QING: Mobil ilovalarsiz dunyo: Apple versiyasi (video)

Virjil Dyupra mazkur loyihasining rasmiy saytida ta’kidlashicha, Collapse OS ishga tushirilishi uchun diskda atigi 8 KB (ha, gigabayt emas, hatto megabayt ham emas – atigi 8 kilobayt!) bo‘sh joy hamda bor-yo‘g‘i 56 kilobaytlik tezkor xotira bo‘lishi ham yetarli. To‘g‘ri, bunday boshlang‘ich konfiguratsiyali kompyuter bilan hozirgidek murakkab vazifalarni bajarib bo‘lmaydi, ammo Collapse OS tizimli qurilmada matnli hujjat fayllarini yaratish va tahrirlash, assemblerning dastlabki fayllarini turli mikrokontrollerlar va protsessorlarga moslab kompilyasiya mumkin.

Har ehtimolga qarshi, deya dasturchi Collapse OS dasturiy ta’minotini GitHub resursiga joylab qo‘ygan. Uni ishlatish bo‘yicha yo‘riqnoma va boshqa kerakli hujjatlar, fayllarga mana bu havola orqali o‘tsa bo‘ladi. Marhamat – dasturlash, kompyuter terish ishlariga qiziquvchilar shug‘ullanib ko‘rishlari mumkin.

O‘QING: Eksklyuziv video: AQSh prezidentining «Oxirzamon samolyoti»ni ichkaridan tomosha qilamiz!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!