☯.com domeni 11201 dollarga sotildi

  •   DiMaX
  •  1193
  •  26.09.2017 15:36

☯.com domeni 11201 dollarga sotildi

.SOM hududidagi «in-yan» belgili emodzi-domenni mashhur domen investorlaridan biri – Greg Ostrik 11201 AQSh dollari evaziga xarid qildi, deb yozadi UzReport.news sayti.

Xabarga ko‘ra, ushbu nom emodzi belgilariga ega domen nomlari orasida narxi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallagan. Birinchi o‘rinni esa «bulut» emodzili ☁.com nomi band etgan. U 2016 yilning dekabrida 13600 AQSh dollari evaziga sotilgan.

Bugungi kungacha .SOM domen hududida 33 ta emodzi-domen ro‘yxatga olingan. Endilikda mazkur hududda emodzili domen nomi ro‘yxatga olish taqiqlangan, ammo bu ma’lum bir vaqt oralig‘ida – domen nomlarida lotincha bo‘lmagan belgilarni qo‘llovchi Punycode texnologiyasi hali ishlab chiqilayotgan paytda mumkin bo‘lgan.

Hozirda, turli ilovalarda emodzi belgilari tarqalishi va ularni qidiruv so‘rovlarida qo‘llash imkoniyati yuzaga kelganligi munosabati bilan, emodzili domen nomlariga ham talab paydo bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, taniqli tadbirkor va sayyoramizning eng peshqadam innovatorlaridan biri bo‘lgan Elon (Ilon) Mask bir paytlar o‘zi ochgan X.com domenini rekord narxda qayta sotib olgan edi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!