Counterpoint may oyida qancha smartfon sotilganini e’lon qildi

Counterpoint may oyida qancha smartfon sotilganini e’lon qildi

Counterpoint Research'ning Market Pulse Service ma’lumotlariga ko‘ra, may oyida global smartfonlar savdosi 96 million donaga kamaydi. Bu ko‘rsatkich aprel oyiga nisbatan 4% ga, 2021 yilning may oyidagi ko‘rsatkichlarga nisbatan esa 10% pasayganini ko‘rsatadi.

E’tiborli tomoni shundaki, bu ko‘rsatkich so‘nggi o‘n yil ichida ikkinchi marta 100 million donadan kam smartfon sotilganini ko‘rsatmoqda. 

Bu smartfonlar savdosining ketma-ket ikki oy pasayishi hisoblanadi. 2020 yildagi dastlabki COVID-19 to‘lqinidan keyin kuchli o‘sishga qaramay, smartfonlar savdosi hali ham pandemiyadan oldingi darajaga qaytmadi. Davom etayotgan ta’minot zanjiridagi muammolari barqarorlashmoqda, ammo inflyasiya darajasining oshishi, Xitoy zavodlarining ishlab chiqarishdagi sekinlashuvi va Ukraina inqirozi smartfonlarga talabni cheklovchi asosiy omillar bo‘lib turibdi.

Talabning pasayishi tufayli smartfon sotuvchilari inventarizatsiyani boshdan kechirmoqda. Counterpoint tahlilchilari ta’minot zanjirlari normallashgani va Xitoydagi zavodlar to‘liq darajada ishlagashi sababli yilning ikkinchi yarmida vaziyat yaxshilanishini taxmin qilmoqda.

O‘QING: Noodatiy dizayndagi Galaxy smartfoni taqdim etiladi 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!