CS:GO o'yining navbatdagi yangilanishida Dust II xaritasi olib tashlandi

CS:GO o'yining navbatdagi yangilanishida Dust II xaritasi olib tashlandi

Bugun Counter-Strike: Global Offensive o'yini uchun muhim yangilanish chiqarildi. Ma'lum bo'lishicha, endi o'yindagi Dust II xaritasi "faol xizmat"dan olib tashlangan, ya'ni endi rasmiy turnirlarda bu xaritada o'ynalmaydi. Uning o'rnini esa o'yinga yaqinda qo'shilgan Anubis xaritasi egallagan.

Anubis xaritasi
Foto: CS:GO

"Aniqlik uchun, Dust2 faqat "Faol Xizmat" dasturidan olib tashlandi. Uni hali ham Casual, Deathmatch va Competitive rejimlarida o‘ynash mumkin." deyiladi CS:GO rasmiy Twitter sahifasida.

Yangilanish qurollar uchun ham quyidagi muhim o'zgarishlarni o'z ichiga oladi:

  • AWP snayperining o'qlari 10 tadan 5 taga kamaytirilgan;
  • M4A1-S qurolining diapazoni esa 0.99 dan 0.94 ga tushirilgan, ya'ni endi ushbu qurol bilan uzoq masofaga otilganida zarar kamroq bo'ladi.

O'QING: YouTube'ning eng ko‘p obunachiga ega "qiroli" o‘zgardi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!