Daktiloskopli Super AMOLED ekran, 6000 mA/soatlik batareya va 64 MP kvadrokamerali Galaxy M31s surati, chiqish sanasi va narxi!

  •   DiMaX
  •  3985
  •  18.07.2020 11:45

Daktiloskopli Super AMOLED ekran, 6000 mA/soatlik batareya va 64 MP kvadrokamerali Galaxy M31s surati, chiqish sanasi va narxi!

Samsung kompaniyasi 5 avgustdagi yirik premerasida Galaxy Note 20 turkumidagi smartfonlarini hamda Galaxy Tab S7 planshetini ko‘rsatadi. Lekin qimmat flagmanlarga qiziqmaydigan foydalanuvchilar uchun uning ertasi – 6 avgust sanasi qiziqroq.

O‘QING: Samsung fanatlarining hafsalasini pir qiluvchi xabar

Insayderlarning m’lum qilishlaricha, ayni shu kuni potensial xit – Galaxy M31s smartfoni sotuvga chiqadi. Shu bilan birga, mazkur modelning orqa paneli aks ettirilgan render suratni ham taqdim etishgan.

Shunday qilib, Galaxy M31s bosh kamerasi to‘rtburchak blok ichida «L» shaklida joylashgan to‘rtta sensor hamda fotochaqnoqni o‘z ichiga oladi. Undagi asosiy datchikning aniqligi 64 megapikselni tashkil etadi, qolganlari esa – 8 (o‘ta keng burchakli ob’yektivga ega modul), 5 (sahna chuqurligini tahlil qilish uchun) va 5 (makrokamera) megapiksellik datchiklardir. Smarfonning yakka modulli old kamerasi esa ekrandagi tirqishga joylanadi.

O‘QING: Android-smartfonning old kamerasiga virtual fotochaqnoq qo‘shamiz

Galaxy M31s orqa panelida barmoq izi skaneri yo‘qligi hamda smartfonda Super AMOLED displey qo‘llanayotganidan kelib chiqadigan bo‘lsak, uning daktiloskopi ekranga integratsiya qilinadi. Shuningdek, Samsung uni o‘zining Exynos 9611 platformasi hamda 6/64 gigabaytlik tezkor/doimiy xotira bilan ta’minlaydi.

Arzon smartfonlar turkumidagi Galaxy M21, Galaxy M30s hamda Galaxy M31 modellari kabi, Galaxy M31s ham naq 6000 mA/soatlik akkumulyator bilan jihozlanadi. Yangi smartfon Android 10 operatsion tizimi ustiga qurilgan OneUI 2.1 interfeysi bilan ishlaydi.

Manbaga ko‘ra, Galaxy M31s smartfonining Hindistondagi savdosi 6 avgustga belgilangan. Demak, Samsung uni joriy oyning oxirida rasman namoyish etishi kerak. Yuqoridagi ma’lumotlarni bergan insayderga ishonadigan bo‘lsak, bu gadjet uchun 265 AQSh dollari atrofida narx belgilanadi.

O‘QING: Samsung va LG o‘z yurtida Xiaomi’ning dadil hamlasiga uchradi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!