Darhol Apple qurilmalaringiz dasturiy ta'minotini yangilang!

Darhol Apple qurilmalaringiz dasturiy ta'minotini yangilang!

Apple o'zining iPhone, iPad va Mac qurilmalari uchun iOS/iPadOS 15.6.1 va macOS 12.5.1 shoshilinch xavfsizlik yangilanishlarini chiqardi. Ma'lum bo'lishicha, ushbu yangilanishlar tizim yadrosi (dehqonchasiga aytganda, qurilmangizdagi hamma narsani boshqaradigan yadro) va WebKit'dagi xakerlarga qurilmangizda zararli dasturni ishga tushirishga imkon beradigan ba'zi xavfsizlik xatolarini tuzatadi.

Ta'kidlash joizki, bu iOS 15 chiqarilganidan keyin, uning xavfsizlik kamchiliklarini to'g'rilash uchun chiqarilgan o'n uchinchi yangilanish bo'lib, ularning to'qqiztasi o'zboshimchalik bilan kodni bajarish xatosini tuzatsa, beshtasi "Apple ushbu muammodan faol foydalanilganligi haqidagi hisobotdan xabardor", ya'ni "xaker yoki xakerlar ushbu xatolikdan foydalanib qolgan" degan ma'nodagi xabarni o'z ichiga oladi. 

Garchi bu ishni avval ko'p marta qilgan bo'lsangiz ham, yana bir bor eslatmoqchimizki, yangilanishni smartfoningizda Sozlamalar > Umumiy > Dasturiy ta'minot Yangilanishi, kompyuterda esa Tizim sozlamalari > Dasturiy ta'minot Yangilanishi'ga o'tib qabul qilishingiz kerak. Yangilanish iPhone 6S va undan yuqori modellar, iPad Pro barcha modellari, iPad Air 2 va undan yuqori modellar, beshinchi avlod iPad va undan yuqori modellar, iPad Mini 4 va undan yuqori modellar va yettinchi avlod iPod Touch uchun chiqarilgan.

Aytish kerakki, bu iOS 15 uchun so'nggi yangilanish bo'lishi mumkin, chunki Apple keyingi oyda iOS 16 ni chiqarishi kutilmoqda.

O'QING: Ikkita ommabop Galaxy smartfoniga xavfsizlik yangilanishi jo‘natilmoqda

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!