Dasturchi tasodifan Sog‘liqni saqlash vazirligi va hokimiyat saytlariga xakerlik hujumini uyushtirdi!

  •   DiMaX
  •  1115
  •  25.10.2019 12:33

Dasturchi tasodifan Sog‘liqni saqlash vazirligi va hokimiyat saytlariga xakerlik hujumini uyushtirdi!

Novosibirsk kasalxonalaridan birining xodimi bo‘lgan dasturchi ushbu muassasaning sayti qanchalik himoyalanganligini tekshirib ko‘rishga qaror qildi. Uning maqsadi – sayt muhofazasidagi «tirqish»larni bartaraf etish edi, xolos, ammo...

O‘QING: Qo‘lga olingan xaker universitetning... qorovuli bo‘lib chiqdi!

Xullasi kalom, shifoxona saytining himoyasidagi zaifliklarni aniqlash uchun u Netsparker, XSpider, Retina, Netcracker kabi bir nechta skaner-dasturni qo‘llagan. Dasturchi shunchaki tekshirib ko‘rmoqchi bo‘lgan, ammo bu utilitalar kasalxona sayti muhofazasini «yorib» kirgan. Bugina emas – dasturlar shu sayt bilan bog‘langan Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlar bazasiga ham hujumga o‘tishgan. So‘ng esa u bilan bog‘langan mahalliy hokimiyat saytini ishdan chiqarishgan.

Tabiiyki, xakerlik hujumining manbasi tezda aniqlangan va dasturchi ushlangan. Garchi ataylab qilmagan bo‘lsa-da, endi uni Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi – «ziyonkor kompyuter dasturlarini qo‘llash va tarqatish» bo‘yicha ayblashgan. Sud qaroriga ko‘ra unga 30 ming rubl miqdorida jarima solishdi va intizomiy chora ko‘rishdi.

Shunisi borki, dasturlashni bilgan har qanday kishi, loaqal bir marta bo‘lsa-da, xakerlikka ham qiziqib ko‘radi. Yana bir jihatini to‘g‘ri tushunish muhim: g‘arazli maqsadlarni ko‘zda tutmaydigan «oq xakerlik» tushunchasi ham mavjud, uni o‘rganish uchun 6 ta eng yaxshi resurs hamda beshta kitob haqida maqolalar chiqarganmiz.

O‘QING: Samarqandda 60 yashar kiber jinoyatchiga hukm o‘qildi (+video)