Davlat inspeksiyasi Beeline’ning aloqa sifatini o‘rganmoqda, lekin bu hali boshlanishi...

  •   DiMaX
  •  1198
  •  15.10.2019 08:47

Davlat inspeksiyasi Beeline’ning aloqa sifatini o‘rganmoqda, lekin bu hali boshlanishi...

Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi «Unitel» MChJ (Beeline)da tekshiruv tadbirlarini amalga oshirmoqda. Bu to‘g‘rida Davlat inspeksiyasidagi manbaga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

O‘QING: “Beeline” o‘zini muloqotdan cheklamaydiganlar uchun ajoyib yangilik haqida xabar beradi.

Mazkur tekshiruv fuqarolarning mobil aloqa xizmatlarining qoniqarsiz taqdim etilishi bo‘yicha shikoyatlari asosida o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda. Bildirilishicha, fuqarolarning qonuniy huquqlari va manfaatlariga rioya etish jamiyat rivojida muhim ahamiyatga egadir. 

Taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini o‘rganish qator mezonlarga asoslanadi. Ular orasida: xizmatning mavjudligi – bu operator tomonidan iste’molchiga uning iltimosiga binoan tarmoq xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini taqdim etish; xizmatning yaxlitligi va uzluksizligi – telekommunikatsiya xizmatining sifati hamda uning yakunlanishini ta’minlashdan iborat.

O‘QING: Speedtest sinovidan «jonli» video: O‘zbekistonda qaysi uyali aloqa operatorining interneti eng tezkor?

Telekommunikatsiya xizmatlari sifati masalalari bo‘yicha murojaat qilishni istagan fuqarolar Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining 1144 ishonch telefonidan foydalanishlari mumkin.

Qayd etilishicha, kelib tushgan shikoyatlarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, boshqa aloqa operatorlari va provayderlarni tekshirish tadbirlari ham tashkil etiladi.

Ma’lumot uchun: «Unitel» kompaniyasi 1996 yilda asos topgan. Kompaniyaning tijorat faoliyati 1997 yilning 25 sentyabr kuni boshlangan. 2006 yilning 12 sentyabr kunidan «Unitel» MChJ «Beeline» savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

O‘QING: Mobil operatorlar bizdan nimani yashirmoqda?

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!