Davlat test markazi ijtimoiy tarmoqlar va Telegram-kanallardagi firiblardan ogohlantirdi

  •   DiMaX
  •  268
  •  02.03.2021 11:57

Davlat test markazi ijtimoiy tarmoqlar va Telegram-kanallardagi firiblardan ogohlantirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda turli o‘quv markazlari tomonidan Davlat test markazi bilan hamkorlikda test sinovlari o‘tkazilishi, test topshiriqlari 100% DTM ekspertlari tomonidan tuzilganligi va kirish imtihonlarida tushishi mumkinligi hamda xizmat narxi 55 000 so‘mni tashkil etishi haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Davlat test markazi bu kabi xabarlarni rad etdi.

O‘QING: DTM test natijasini onlayn ko‘rish yanada osonlashdi!

«Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan bunday xabarlar butunlay noto‘g‘ri ekanligini ma’lum qilamiz», – deyiladi DTM xabarida.

Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan diagnostik test sinovlari Davlat test markazi va uning hududiy bo‘limlarida har payshanba kuni 2 smenada tashkil etiladi va xizmat narxi 15 000 so‘mni tashkil etadi.

Diagnostik test sinovlari uchun ro‘yxatga olish Davlat test markazining interaktiv xizmatlar portali (my.dtm.uz sayti) orqali amalga oshiriladi.

O‘QING: Instagram va Telegram’dagi tadbirkorlar DSQda ro‘yxatdan o‘tishlari shart!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!