Davlat xizmatlari agentligi innovatsiyalari – «Tashkent Law Spring»da!

  •   DiMaX
  •  747
  •  26.04.2019 10:56

Davlat xizmatlari agentligi innovatsiyalari – «Tashkent Law Spring»da!

Toshkentda mustaqil O‘zbekiston tarixida ilk bor «Tashkent Law Spring» forumi o‘z faoliyatini boshladi. Davlat xizmatlari agentligi vakillari ham unda ishtirok etdi, deb yozadi Agentlik.

O‘QING: Davlat xizmatlari agentligi ochiq ma’lumotlar platformasini ishga tushirdi

«Tashkent Law Spring» forumi o‘z ichiga 40 ga yaqin mamlakatdan mingdan ortiq huquqshunoslik sohasidagi eng yaxshi mutaxassislarni jamladi. Davlat xizmatlari agentligidan mazkur forumda direktor Xalilillo Turaxujayev va bir qator mas’ul xodimlar ishtirok etdi, deyiladi xabarda.

Forumda Davlat xizmatlari markazlari paydo bo‘lishlari bilan davlat xizmatlari sohasi transformatsiyasi, mobil davlat xizmatlari, sohani modernizatsiya qilish uchun joriy etiladigan yuqori texnologik yechimlar, shuningdek, Agentlik tomonidan tashabbus qilingan – o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni qonuniylashtirish va FHDYo organlari tomonidan beriladigan hujjatlari mavjud bo‘lmagan shaxslarni aniqlab, tegishli hujjatlarni berish kabi 2 yirik ijtimoiy aksiya haqida prezentatsiya namoyish etildi.

Ta’kidlanganidek, joriy yil oxirigacha davlat xizmatlari ko‘rsatishning yangi formati – Call-service’ni joriy etish rejalashtirilgan. Bu esa zarur bo‘lgan ma’lumotlarni bitta qo‘ng‘iroq orqali olish (masalan, STIR raqamini aniqlash) imkonini yaratadi. Tayyor hujjat saqlanayotgan repozitoriyga havolani qo‘ng‘iroq amalga oshirilgan telefon raqamiga SMS-xabar qilib yuboriladi.

O‘QING: INPS va INN (STIR) raqamlarini internetdan qanday bilish mumkin?

Bundan tashqari, yaqin istiqbolda DXMlarga onlayn tarzda navbat olish imkonini yaratish nazarda tutilgan.

Internet yaratilgandan buyon eng muhim texnologik yangilik etib, shuningdek, ma’lumotlarni ochiqligini va himoyalanganligi ta’minlovchi tizim blokcheyn texnologiyasining paydo bo‘lishi hisoblanadi. Davlat xizmatlari agentligi ushbu tendensiyalardan ortda qolayotgani yo‘q.

Shunday qilib, Agentlik blokcheyn texnologiyasini FHDYo organlari tizimiga joriy qilish tashabbus bilan chiqqan. Bu esa, FHDYo organlarining ishonchli, markazlashtirilmagan, himoyalangan va shaffof ma’lumotlar bazasini yaratish va korrupsiya holatlarini yo‘q qilish imkonini yaratadi.

Shubhasiz, «Tashkent Law Spring» dunyodagi amaliyotlar va ilg‘or tajribasiga asoslangan holda miliy huquq tizimini rivojlantirish uchun yangi yondashuvlar va zamonaviy mexanizmlarni ishlab chiqishga yordam beradigan baxs va munozaralar uchun ajoyib platformaga aylanadi.

Forum 2019 yil 27 aprelga qadar davom etadi, deyiladi xabarda.

O‘QING: Nafaqaxo‘rlar uchun yangi elektron xizmat joriy qilindi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!