«Davring o‘tdi – tur, begim!»: DxOMark taxtidan Huawei P40 Pro’ni ag‘dargan yangi flagmanni qarshi oling! (+video)

  •   DiMaX
  •  2893
  •  12.08.2020 14:45

«Davring o‘tdi – tur, begim!»: DxOMark taxtidan Huawei P40 Pro’ni ag‘dargan yangi flagmanni qarshi oling! (+video)

Huawei kompaniyasi martning so‘ngida o‘zining Huawei P40 turkumidagi kamerofonlarini taqdim etgan edi. Ular orasidan Huawei P40 Pro flagmani o‘shanda DxOMark laboratoriyasining biryo‘la ikkita reytingida taxtni zabt etgan va hozirgacha o‘rnini hech kimga bermay kelayotgan edi.

O‘QING: DxOMark eng zo‘r kamerofon, selfifon va audiosmartfonlarni e’lon qildi

Va nihoyat, zo‘rdan zo‘r chiqdi – 11 avgust kuni, Xiaomi o‘zining Mi 10 Ultra superflagmani namoyishini o‘tkazayotgan bir paytda DxOMark uning kamera testi natijalarini e’lon qildi. Ha, to‘g‘ri payqadingiz – bu laboratoriya tekshiruvlarida u maksimal ball olib, Huawei P40 Pro flagmanini ikkinchi o‘ringa tushirib qo‘ydi! Nachora, «Davring keldi – sur, begim; davring o‘tdi – tur, begim!» deyishgan ekan qadimgilar...

Xitoylik texnogigantning eng ilg‘or kamerofoni DxOMark tekshiruvida 128 ball olgan bo‘lsa, «Xitoycha Apple»ning superflagmani 130 ballik rekordni qayd etdi.

O‘QING: Hamyonbop Samsung smartfoni bu testda Honor, Xiaomi va hatto Apple flagmanlarini yengdi!

Xiaomi Mi 10 Ultra bosh kamerasi fotos’yomkaning o‘zi bo‘yicha alohida rekord – 142 ballik natija ko‘rsatdi. DxOMark ekspertlarining ta’kidlashlaricha, u barcha tekshiruv hududlarida va hamma parametrlar bo‘yicha rasmga tushirishda a’lo sifatni hamda yuksk tezkorlikni ta’minlay olgan.

Videoga tushirish bo‘yicha esa yubiley superflagmani 106 ball olgan. DxOMark mutaxassislari baho berishicha, bu – 4K rejimi bilan va soniyasiga 60 kadrlik tezlikda s’yomka qilganda a’lo natijalar ko‘rsatgan birinchi va hozircha yagona smartfondir.

O‘QING: iPhone 11 Pro Max va Galaxy S20 Ultra’dan zo‘r chiqqan xitoycha flagmanni qarshi oling!

Xiaomi Mi 10 Ultra kamera testlariga bag‘ishlab DxOMark tayyorlagan videoni tomosha qilamiz:

Agarda mazkur tekshiruvlar jarayonlari va natijalari bilan batfsil tanishish niyatingiz bo‘lsa, mana bu havola orqali DxOMark rasmiy saytidagi tegishli (inglizcha) sahifaga o‘tishingiz mumkin.

O‘QING: Redmi flagmani hatto iPhone 11 Pro Max, Galaxy S20+ va OnePlus 8 Pro’larni mahv etib, kuchli o‘ntalikka kirdi! (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!