Dekabr oyi oxirida xitoylik smartfonsozdan navbatdagi flagmanlarni kuting

Dekabr oyi oxirida xitoylik smartfonsozdan navbatdagi flagmanlarni kuting

vivo X60 seriyasi va nihoyat taqdim qilinish arafasida. Yangi smartfonlar 29 dekabr kuni rasman taqdim qilinadi.

vivo X60 Pro smartfoni Exynos 1080 chipida ishlaydigan ilk qurilma bo‘ladi. Taqdimot davomida vivo, shuningdek, Germaniyaning optik mahsulotlar ishlab chiqaruvchi ZEISS kompaniyasi bilan hamkorlikni boshlaganini  e’lon qilishi ham kutilmoqda.

vivo X60 seriyasi 2020 yilda taqdim qilinajak eng so‘nggi smartfonlardan bo‘ladi. Ushbu qurilmalar Samsung'ning 5 nanometrlik eng so‘nggi chipsetida ishlovchi ilk smartfon bo‘lish bilan birga qadoqdanoq OriginOS operatsion tizimiga ega birinchi devaysga aylanadi. Ma’lumot uchun, OriginOS vivo'ning Android asosiga qurilgan yangilangan operatsion tizimi hisoblanadi.

Bundan oldingi vivo X50 seriyasi tarkibida uchta smartfon bo‘lgani bois, X60 modellari bilan ham xuddi shunday bo‘lishini kutish mumkin.

Umid qilamizki, yangi smartfonlar vivo X50 modellaridan farqli o‘laroq, Xitoydan tashqi bozorlarda ham sotuvga chiqadi.

O‘QING: 80 xildagi Xiaomi, Redmi va Poco smartfonlariga MIUI 12.5 proshivkasi keladi!